Azamat Abduraimov iste'foga chiqdi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2020, 16:14
O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov iste'foga chiqdi.

2018 yil mart oyida ushbu terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Azamat Birodarovich o'z arizasiga ko'ra ishdan bo'shadi. Buni murabbiyning o'zi ham tasdiqladi. 

Eslatib o'tamiz, Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi. Yaqindagina terma jamoa Belarus poytaxtida o'tgan Rivojlanish kubogida ishtrok etib 8ta jamoa orasida 8-o'rinni egallagan edi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia