Azamat Abduraimov: “Bunday hakamlikni birinchi bor ko'rishim”
05 okt 2013 10:09
Yangiliklar
Azamat Abduraimov: “Bunday hakamlikni birinchi bor ko'rishim”
Oliy ligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan “Andijon” jamoasi mazkur turda Navoiyga safar qilib “Zarafshon”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Uchrashuvdan keyin andijonliklar ustozi o'yin to'g'risida o'z fikrini bildirdi: - Birinchi bo'limda o'yinimiz yaxshi chiqmadi. Ammo ikkinch taymda yigitlar faol harakat qilib, bir qator golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. SHunga qaramay, imkoniyatlardan foydalana olmadik. Lochin Soliev ikki marta, yaxshi vaziyatni golga aylantira olmadi. SHuningdek, ikkinchi bo'limda Alisher To'xtasinov va Furqat Hasanboev ochiq darvozani ishg'ol eta olishmadi. Qolaversa, Bahrom Abdurahimov yaxshi imkoniyatdan foydala bilmadi. SHuning uchun mag'lubiyatda qaysidir jihatdan o'zimizning ham aybimiz bor.
Ammo o'yinni boshqargan hakamning harakatidan qoniqmadim. Bosh hakam mezbonlar darvozasiga ikki bor “toza” penaltini bermadi. To'g'risi, bunday hakamlikni birinchi marta ko'rishim.
Ammo o'yinni boshqargan hakamning harakatidan qoniqmadim. Bosh hakam mezbonlar darvozasiga ikki bor “toza” penaltini bermadi. To'g'risi, bunday hakamlikni birinchi marta ko'rishim.
Fikrlar