So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Azamat Abduraimov: “Bugun Samvel Babayan uchun asosiy imtihon bo'ladi” Yangiliklar

Azamat Abduraimov: “Bugun Samvel Babayan uchun asosiy imtihon bo'ladi”

Bugun JCH-2018 3-saralash guruh bosqichi 5-tur uchrashuvida Janubiya Koreya va O'zbekiston terma jamoalari to'qnash keladi.
Ushbu bahs oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Azamat Abduraimov o'z fikrlarini bildirdi.

“Albatta, Janubiy Koreya terma jamoasi kuchli hisoblanadi. Ular har safar mundialda ishtirok etib kelishadi. Ushbu uchrashuvda koreyaliklar favorit hisoblanishadi. Ammo biz turnir jadvalida yaxshi natija qayd etib turibmiz. SHuning uchun ham bizni durang natija ham qoniqtiradi. Janubiy Koreyaga faqat g'alaba kerak. SHu boisdan raqiblarimiz ilk daqiqalardan darvozamizni ishg'ol qilishga urunib ko'rishadi. SHu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, vakillarimiz himoyada tartibli va bexato o'yin ko'rsatishlari kerak. Terma jamoa azolari o'yin davomida raqib futbolchilarini to'pni erkin olib yurishlariga yo'l qo'ymaslik kerak.

Koreyslar jismoniy jihatdan bizga qaraganda kuchliroq. SHuning uchun ham ularga qarshi ochiq futbol namoyish etish noto'g'ri. Himoyaga yotib olish ham kerak emas. Vakillarimiz faqat himoyada emas vaqti-vaqti bilan pressing ham uyushtirib turish kerak. Asosiysi futbolchilarimiz qarshi hujumda yaxshi harakat qilishlari kerak. Raqiblarni xato qilishini kutish emas, balki ularni xato qilishga majbur qilish kerak. Agarda jamoani men boshqarganimda birinchi bo'limga darvozamiz dahlsizligini saqlab qolish vazifasini qo'yardim. Ikkinchi bo'limda raqib futbolchilari katta kuch bilan hujumga o'tishga majbur bo'ladi, shunda qarshi hujumga o'tish osonroq bo'ladi. Buning uchun zudlik bilan himoyadan chiqib olib qarshi hujumga o'tish kerak.

Milliy terma jamoamiz uchun bugun juda ham og'ir o'yin bo'ladi. Bu murabbiylar shtabi va Samvel Babayan uchun asosiysi imtihon bo'ladi. Kerakli natijaga erishish uchun futbolchilarimiz bugun o'z mahoratlarini namoyish etishlari kerak. Bu O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun muhim o'yin bo'lishi mumkin.

Bosh murabbiy qanday taktikada futbolchilarni maydonga tushirishini bilmayman. SHuning uchun ham o'yindan oldin taxminiy natijani ayta olmayman. SHuni bilamanki terma jamoamiz 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga chiqishga tayyor. Tarkibda etakchi tajribali va talantli umidli yosh futbolchilar bor. Mundial yo'lida barcha saralash bahslarida ishtirok etgan bo'lsak, bu safar JCHga chiqish uchun bizda ajoyib imkoniyat bor. Ushbu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak.

Mag'lubiyatga uchrashimiz kerak emas. Mabodo mag'lubiyatga uchraygudek bo'lsak, birinchi davrada mundialga chiqish yo'lida asosiy raqiblarimizdan birorta ham ochko olmagan bo'lamiz. Uyda Eron, safarda Janubiy Koreya terma jamoalariga yutqazgan bo'lamiz. Agarda shunday bo'lsa ikkinchi davrada ushbu jamoalardan 6 ochkoni olishimiz kerak bo'ladi va boshqa o'yinlarda ochko yo'qotmasligimiz kerak bo'ladi. SHuning uchun ham bugun durang qayd etsak ham xursad bo'lardim. G'alaba qozonsak bu muxlislarimiz uchun ajoyib sovg'a bo'lardi”, - deydi Azamat Abduraimov.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика