So’nggi yangiliklar

21:10Суперлига. "Нефтчи" - "Хоразм" 2:0 (матнли трансляция)  19 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  4 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  5 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  23 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  22 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  14

Azamat Abduraimov: "Biz guruhdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Biz guruhdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz"

Ertaga, 18 sentyabr kuni Toshkentda U-16 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari start oladi.

Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan saralashning “B” guruhida Hindiston, O'zbekiston, Bahrayn va Turkmaniston o'smirlar terma jamoasi yo'llanma uchun bahs olib borishmoqda.

Bugun, 17 sentyabr kuni saralash bahslari oldidan bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

- Musobaqa tashkilotchilariga rahmat aytaman. Guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilishgan. Saralashda eng omad muhim rol o'ynaydi. Havo issiq bo'lishiga qaramay g'alaba qozonishga va Osiyo chempionatiga chiqishni istaymiz, - deydi Bahrayn ustozi Rashid Abdulrahmon Al Dosari.

- Mehmondo'stlik uchun O'zbekiston mamlakatigaga minnatdorchilik bildiraman. Bu guruh saralashdagi eng qiyin guruhlardan biri hisoblanadi. Bizning maqsadimiz guruhda birinchi o'rinni olish va Osiyo chempionatiga chiqish. Toshkentda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishni istaymiz. Har bir jamoaga qarshi bahs og'ir kechadi lekin aytganimdek guruhda birinchi o'rinni olishni xohlaymiz, - deydi Hindiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Bibiano Fernandes.

- Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston terma jamoalarini yurtimizda ko'rib turganimdan mamnunman. Guruhimiz chindan ham ancha murakkab. Bazi muxlislar bizni oson guruhdan o'rin oldi, deb o'ylashmoqda. Lekin 15-16 yoshli bolalar futboli bilan kattalar futboli o'rtasida tafovut katta. Biz guruhdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Oldimizga guruhda 1-o'rinni egallash va Osiyo chempionatiga yo'l olish vazifasi qo'yilgan. Har bir ishtirokchi jamoaga omad tilayman va saralash bahslari turli jarohatlarsiz o'tishini tilab qolaman, - deydi O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov.

- Barchaga xayrli kun. O'zbekistondek ajoyib mamlakatga ekanligimizdan xursandmiz. Guruhimizdagi raqiblarimiz juda ham kuchli. Turkmaniston futboli nimalarga qodirligini ko'rsatishni istaymiz. CHiroyli o'yin namoyish etishga harakat qilamiz, - deydi Turkmaniston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Botir SHixiev.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика