So’nggi yangiliklar

19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4

Azamat Abduraimov: "Aleksandr Lupashko bilan Temur Hakimov endi “Andijon”da o'ynashmaydi" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Aleksandr Lupashko bilan Temur Hakimov endi “Andijon”da o'ynashmaydi"

Joriy mavsumda oliy ligaga qaytishni maqsad qilgan “Andijon” jamoasining ikkinchi bosqich bahslariga tayyorgarligi qizg'in davom etmoqda.
Futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanishmoqda va mashg'ulotlar “Sog'lom avlod” stadionida olib borilyapti. Yig'in qanday o'tayotganiligi borasida “Andijon” bosh murabbiyi Azamat Abduraimov quyidagi fikrlarni bildirdi.

- 9 iyul kuni birinchi bosqichning oxirgi uchrashuvini o'tkazganimizdan so'ng futbolchilarga 12 kunlik tatil berdik. Ikkinchi bosqich o'yinlari 12 avgustdan boshlanishi bois 22 iyuldan tayyorgarlikni boshladik. CHunki mana shu 20 kun ikkinchi bosqichga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun etarli bo'ladi. Qolaversa, tatil chog'ida o'z ustida ishlashi uchun futbolchiga alohida dastur ham tuzib bergandik. 22 iyul kuni bazaga yig'ilgan bo'lsak, ertasi kuni futbolchilar test-sinovlarini topshirishdi. Test natijalari esa ayni paytda futbolchilar yomon formada emasliklarini ko'rsatdi. Yig'inning dastlabki haftasida etiborni o'yinchilarning jismoniy holatini oshirishga qaratdik. SHu bilan birga taktikaga ham alohida urg'u berdik. Qolaversa, nazorat o'yinlarida ham futbolchilarning imkoniyatlarini tekshirib boryapmiz. 28 iyul kuni “Neftchi” o'rinbosarlari bilan kuch sinashdik. Ertaga esa oliy liga vakili “Navbahor” jamoasi bilan bellashamiz. Bu biz uchun o'ziga xos sinov uchrashuvi bo'ladi. Oldimizga oliy ligaga qaytish vazifasini qo'yganimiz bois elita jamoasi bilan bo'ladigan o'yinda bunga qay darajada qodir ekanligimizni tekshirib olamiz. “Sog'lom avlod” stadionida bo'ladigan “Navbahor”ga qarshi kechadigan o'rtoqlik uchrashuviga muxlislarni taklif etamiz. O'yin o'rtoqlik maqomini olgan bo'lib natija unchalik ahamiyat kasb etmasada, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, ayni paytda bir qator o'yinchilarni ko'rikdan o'tkazyapmiz. “Surxon” jamoasidan ikki nafar futbolchi kelgan. “Paxtakor-2” jamoasidan Asilbek Mansurovni taklif etganmiz. Mansurov bundan ikki yil oldin Meksikada o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan. SHuningdek, andijonlik ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan futbolchi Anvar Abduqodirov ham mashg'ulotlarimizda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari yig'inda asosiy etiborni mahalliy yoshlarni sinab ko'rishga qaratganmiz. Hozirda bir nechta mahalliy yosh o'yinchilar ham safimizda shug'ullanishmoqda. SHu bilan birga bugunda “Paxtakor” yoshlar jamoasi azosi va aslida andijonlik bo'lgan Ilhom Abdug'anievni ham jamoaga jalb etishni rejalashtirganmiz. U Dilshod Nuraliev boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasi o'yinchisi sanaladi. Agar hammasi yaxshi kechsa Abdug'aniev ikkinchi bosqichni “Andijon”da o'tkazadi. Jamoadan ketganlar haqida gapiradigan bo'lsam, Asker Najafaliev birinchi bosqichda o'zini ko'rsata olmagani uchun u bilan xayrlashdik. Qolaversa, yil boshida “Olmaliq” va “Paxtakor”dan ijaraga olingan Aleksandr Lupashko bilan Temur Hakimov endi “Andijon”da o'ynashmaydi. Ular oliy liga klublarida to'p surishni maqul topishdi. Ikkala futbolchi ham birinchi bosqichda yomon o'yin ko'rsatishmadi. Tartib-intizomni buzgani uchun SHahboz Jumaboevni transferga qo'ydik. U safardagi uchrashuvimizga negadir bormadi. SHu bois Jumaboevni jazolab uni transferga qo'ydik. O'z navbatida “Andijon” klubi uchun begona bo'lmagan mutaxassis Orif Mamatkazinni murabbiylar shtabiga taklif etganimizni ham aytib o'tishim kerak. U jamoada katta murabbiy bo'lib ishlaydi. Birinchi bosqichdagi ishtirokimizni tahlil qiladigan bo'lsak, himoya chizig'ida xatolar ko'zga tashlandi va ko'plab gollar o'tkazib yubordik. SHu bois Mamatkazin mashg'ulotlarda himoyachilar bilan ham alohida ish olib boradi.

Umuman olganda oldimizdagi asosiy vazifa “Andijon”ni oliy ligaga qaytarish va ayni damda shu maqsad yo'lida astoydil mehnat qilyapmiz. Bundan tashqari mahalliy o'yinchilarni to'g'ri yo'lda tarbiyalash va jamoa negizini shakllantirish ham maqsadimizdan biri.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика