So’nggi yangiliklar

14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13

Azamat Abdullaev: “Muxlislar ham meni “Neftchi”da qolishimni istashadi” Yangiliklar

Azamat Abdullaev: “Muxlislar ham meni “Neftchi”da qolishimni istashadi”

Teglar :  Azamat Abdullaev
Hamyurtimiz Azamat Abdullaev Qirg'iziston chempionati ishtirokchisi “Neftchi” klubi sharafini himoya qilmoqda.

Aytish kerakki, Abdullaev 2019 yildan buyon faoliyatini qo'shni mamlakatda o'tkazmoqda. Qirg'iziston kubogidagi g'alabadan so'ng Azamat bilan suhbatlashdik.

Kubokdagi g'alaba to'g'risida

- Mavsum avvalida rahbariyat klubga OFK kubogiga yo'llanma olish vazifasini belgilab bergandi. SHu vazifa yo'lida kubok bahslariga katta etibor qaratdik. Finalda juda qiyin o'yin o'tkazib, muvaffaqiyatga erishdik. “Neftchi” kelgusi mavsumda OFK kubogida ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi.

“Neftchi”dagi faoliyati xususida

- Bu jamoada 2019 yildan buyon to'p tepmoqdaman. Klub rahbariyati menga barcha sharoitlarni yaratib bergan, o'zimni bu erda juda erkin his qilaman. Qolaversa, muxlislarning ham menga bo'lgan ishonchi yuqori. Klubda qolishmni istashadi. SHu jihatlari bilan “Neftchi”da to'p tepmoqdaman.

O'zbekiston klublaridan takliflar borasida

- To'g'risi, oxirgi 3 yil davomida Superliga klublaridan menga umuman taklif bo'lgani yo'q. Har yili Pro-liga klublaridan aloqaga chiqishadi. SHuningdek, menga Tojikiston va Qirg'iziston jamoalaridan takliflar bo'ldi.

Kelgusidagi rejalari to'g'risida

- Agar men “Neftchi”dan ham yaxshiroq taklif olmasam, balki shu erda qolishim mumkin. Hozirda agentlar tomonidan bir nechta jamoalardan qiziqish borligi aytilmoqda. Jiddiy taklif bo'lsa, shunda hammasini o'ylab ko'rib, bir qarorga kelaman. Hozircha kelajagim xususida hech narsa ayta olmayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика