So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

Ayven Touni: transfer bozorining bo'lajak yulduzi (mutolaa uchun) Yangiliklar

Ayven Touni: transfer bozorining bo'lajak yulduzi (mutolaa uchun)

Top-klublar mo'ljalga olgan "Brentford" forvardi haqida gaplashamiz.

Yozgi transfer oynasi nisbatan yaqinda yopildi. Ammo, u yoki bu klublarga tarkibni kuchaytirish kerakligi haqidagi suhbatlar davom etmoqda. "CHelsi" ularga yangi forvard kerak ekanligini yashirmayapti. "Arsenal" buni oshkor qilmayotgan bo'lsa ham, ularda ham huddi shunday muammo bo'lishi mumkin. Sifatli hujumchini olish oson emas, ammo klublar ayrim o'yinchilarni sotishga tayyorlar. Masalan, Ayven Tounini.

"Brentford" forvardi "asalarilar" Premer-ligaga ko'tarilganlaridan beri og'izlardan tushmayapti. Touni 27 yoshda va ko'plab gollar urmoqda, endi yuqori darajaga ko'tarilishning ayni payti. Ayniqsa, u butun faoliyatini Angliyada o'tkazayotganini hisobga olsa. Ammo, u hali biror marta top-klubda o'ynamagan. Futbolchi ayni paytda pul tikish sabab diskvalifikaciyani o'tamoqda, ammo bu uning ehtimoliy ish beruvchilarini qo'rqitmayapti. SHuningdek, u yanvarda, mavsumning avj pallasida qaytishi mumkin.

Touni doim Angliyada bo'lgan bo'lsa ham, faoliyatining katta qismini APLdan tashqarida o'tkazgan. U 2015 yilda o'zining "Nortxempton" klubidan "Nyukasl"ga o'tdi va o'shanda beri doimo ijarama-ijara yuribdi. Forvard jami birinchi jamoa uchun 4ta o'yin o'tkazgan holda 2018 yilda "Nyukasl"ni tark etdi. O'sha paytdagi va hozirgi "Nyukasl" – klubning rivojlanish darajasi bo'yicha boshqa-boshqadir, shu sabab klubning istiqbolli o'yinchini yo'qotgani g'alati emas. Ammo, uning uchinchi diviziondagi "Barnsli", "SHrusberi", "Skantrop" va "Uigan" jamoalarida o'ynab ko'p gol urmagani ham haqiqat.



Touni 2018 yilning yozida "Nyukasl"dan to'laqonli asosda o'tgan "Piterboro" jamoasida o'ynab ketdi. U o'shanda beri diviziondan qatiy nazar bir mavsumda 10tadan kam gol urmaydi. "Piterboro" o'sha paytda uchinchi divizionda o'ynagan. Forvard ilk mavsumda 16ta, ikkinchisida esa 24ta gol kiritgan. Hujumchi shundan so'ng CHempionshipning "Brentford" jamoasiga o'tdi va "Piterboro" ham bir yildan so'ng shu divizionga ko'tarildi. Aytgancha, klub hozir yana Liga 1da ishtirok etmoqda.

"Piterboro" Tounini "Nyukasl"dan 390 ming evroga xarid qildi. Futbolchi "Brentford"ga 5,6 millionga o'tdi. Transfer to'liq o'zini oqladi. Touni ilk mavsumdayoq o'z jamoasi va butun CHempionshipning eng yaxshi to'purariga aylandi. Forvard o'z hisobiga 33ta gol va 10ta assistni yozdirib qo'ydi. "Brentford" o'sha mavsumdan so'ng APLga chiqdi. Futbolchi elitada ham yo'qolib qolmadi. U Premer-ligaga chiqilganidan keyingi ilk mavsumdayoq 12ta gol, ikkinchisida 20ta gol urdi. Muntazamlik va o'yinchining shiddatli o'sishini qayd etmaslik esa mumkin emas.

"Asalarilar"ga joriy mavsumda ularning eng yaxshi to'purarlari etishmayapti. "Brentford" uncha ko'p gol urmayapti va doim ham g'alaba qozonmayapti. Touni nafaqat vaziyatlardan foydalanishda, balki jamoaning butun o'yinida ham muhim. Ayven biroz Xarri Keynga o'xshaydi. U faqatgina o'tkir hujumdagina foyda keltirmaydi. U kerak paytda orqaroqdan ham o'ynay oladi. Touni shuningdek raqiblarni o'ziga qaratib vinger uchun hudud ochib berishi mumkin. Unga o'tgan mavsum 90 daqiqada o'rtacha 2,26ta fol sodir etildi.



Ammo, Touni birinchi navbatda baribir to'purarlik qobiliyati bilan ajralib turadi. U o'tgan mavsum 90 daqiqada o'rtacha 0,61ta to'p kiritdi. U APLning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida faqatgina Keyn va Erling Xolandga yutqazdi. Ayven mavsum davomida o'rtacha 25ta kalitli uzatmalarni amalga oshirgan holda hujumlarni yakunlash va rivojlantirishga ham yordam berdi. Tounining ishchi oyog'i o'ng bo'lsa ham, ikki oyog'i bilan darvozaga zarba bera oladi. U shuningdek havoda ham yaxshi o'ynaydi. Bundan tashqari, Ayven 11ta penaltini golga aylantirdi, ikki bor jarimadan va 3 bor bosh bilan to'p kiritdi.

Forvardga yuqori talabni hisobga olsak, hatto diskvalifikaciya fonida ham unga qiziqish tingani yo'q. "Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank futbolchi klubni yanvardayoq tark etishi mumkinligini tasdiqladi. Barchasi takliflarga bog'liq bo'ladi. "Asalarilar" o'yinchini 80 mln funtga baholashmoqda. Frank klublarning xavbek va himoyachilar uchun qancha to'lashini hisobga olganda narxni adolatli deb hisoblamoqda. Sifatli hujumchilar shunday yoki yuqoriroq baholanishi kerak.



Mish-mishlarga ko'ra, Touni bilan shartnoma imzolash uchun "Arsenal" va "CHelsi" davogarlik qilmoqda. "Ko'klar"dan farqli o'laroq "kanonirlar" ularga yangi forvard kerakligini ochiq takidlashmayapti, ammo buni ko'plab ekspertlar takidlashmoqda. Pol Mersonning so'zlariga ko'ra, Eddi Nketiya "to'pchilar" uchun APLni yutmaydi, Gabriel Jezus esa unchalik yuqori samaradorlik ko'rsatmayapti. Braziliyalikka hujumda sherik kerak, ammo, ekspertlar fikriga ko'ra, "Arsenal"da hozirda bunday darajadagi o'yinchi yo'q.

Britaniya OAV xabariga ko'ra, "kanonirlar" yangi forvard bilan shartnoma imzolash uchun o'z o'yinchilarini sotishlari kerak, aks holda ular moliyaviy feyr-pley qoidasiga to'g'ri kelmaydi. "Arilar" yangi o'yinchilar uchun ko'p pul tikmoqda, shu sabab toza foyda olish uchun o'z tarbiyalanuvchilaridan birini sotishga to'g'ri kelishi mumkin. Bu masalan kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Emil Smit-Rou yoki o'sha Nketiya bo'lishi mumkin. Ammo, ko'p narsa bozordagi vaziyatga ham bog'liq bo'ladi. Agar "Arsenal" yangi forvard bilan shartnoma imzolashga qaror qilsa, unda "CHelsi"dek jiddiy raqib bilan to'qnash kelishi mumkin.

"Ko'klar" muammosiz Touni bilan shartnoma imzolay olishadi. Ularga hujumchi kerak va ularda pul bor. Boshqa tomondan, "CHelsi" hozirda o'tish uchun unchalik ham o'zini jalb qilmaydigan joy hisoblanadi. Albatta, bu hali ham top-klub, ammo chempionlik uchun kurashayotgan "Arsenal" hozirda ancha yuqorida ko'rinmoqda. Touni allaqachon yangi darajaga o'tish uchun tayyorligini malum qilgan. Asosiysi, qulay fursatni kutish va to'g'ri tanlov qilish.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика