Ayubxon Gapparov: "Oldimda "Rubin"ga qaytish varianti ham yo'q emas"
27 fev 2014 08:01
Yangiliklar

Ayubxon Gapparov: "Oldimda "Rubin"ga qaytish varianti ham yo'q emas"
Ayubxon Gapparovning "Navbahor" bilan xayrlashgani to'g'risida xabar bergandik.
Bevosita futbolchining o'z bilan bog'lanib bu haqda uning o'zidan ketishi haqida so'radik.
- Ayubxon , siz bilan oldingi suhbatlashganimizda bu yil "Navbahor"da qolib, Namangan jamoasi uchun o'ynash maqsadingiz borligini aytib o'tgandingiz. Lekin yaqinda klub lagerini tark etganingiz to'g'risida malumot oldik. Buni qanday izohlaysiz?
- Ha, chindan ham joriy mavsum yana "Navbahor"da qolib, o'zim tug'ilib o'sgan viloyat jamoasi sharafini himoya qilishni xohlagandim. Biroq hayotda hamisha inson istagan narsalar bo'lavermas ekan. Gap shundaki, yaqinda murabbiylar o'zimga boshqa jamoa topishim kerakligini aytdi. SHundan so'ng jamoani tark etishga majbur bo'ldim. Bu futbol. Futbolchi bugun boshqa joyda bo'lsa, ertaga yana boshqa klubda o'ynayveradi. Murabbiylarning o'z falsafasi bo'ladi. Extimol Ashurmatovning qarashlarig mos tushmagandirman.
- Yurtimizda chempionat boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Oldingizda endi qanday variantlar bor?
- Haqiqatdan ham mavsum boshlanishiga oz muddat qoldi. Oliy liganing 2-3ta jamoasidan takliflar bor. Hattoki yana "Rubin"ga qaytish imkoniyati ham mavjud.
- Siz ulardan qay birini tanlamoqchisiz?
- Bu masala yaqin kunlar ichida hal etiladi. Agarda oliy liga klublari bilan kelisha olsam, bu yil ham yurtimizda o'ynayman. Aks xolda yana Rossiyaga jo'nab ketaman. CHunki "Rubin" murabbiylari yana ortga qaytib kelishimni va ko'rikda qatnashishim kerakligini aytishgandi.
- "Rubin" yoshlar jamoasidami yoki bu klub orqali Rossiya birinchi divizioni jamoalaridan biriga o'tasizmi?
- "Rubin" murabbiylari meni birinchi divizion klublarining biriga ijara asosida bermoqchi.
- Bugungi kunda aslida huquqiy jihatdan qaysi klubga tegishlisiz?
- "Rubin"ga. Bu klub meni o'tgan yili "Navbahor"ga ijaraga bergandi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar