Ayollar o'rtasidagi ECHL. “Barsa” finalda yana “Lion”ga qarshilik ko'rsatolmadi
22 may 2022 09:05
Yangiliklar


Ayollar o'rtasidagi ECHL. “Barsa” finalda yana “Lion”ga qarshilik ko'rsatolmadi
Turindagi “Alyanc” stadionida ayollar o'rtasida CHempionlar ligasi musobaqasi 2021/22 yilgi mavsumining hal qiluvchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda “Lion” 3:1 hisobida “Barselona”ni taslim etib, o'z tarixida 8-marotaba (rekord) musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yil ham mazkur jamoalar finalda to'qnash kelgan va o'shanda ham “sherlar” 4:1 natijasi bilan zafar quchgandi.
“Barselona” – “Lion” 1:3 (1:3, 0:0)
“Alyanc” stadioni
Gollar: Amandin Anri 6 – 0:1, Ada Xegerberg 23 – 0:2, Katarina Makario 33 – 0:3, Aleksiya Putelyas 41 – 1:3.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar