So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  1 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Ayollar Oliy ligasi. “Sevinch” bronza uchun taqdirlandi, “Navbahor-W” guruh g'olibi Yangiliklar

Ayollar Oliy ligasi. “Sevinch” bronza uchun taqdirlandi, “Navbahor-W” guruh g'olibi

Teglar :  Ayollar futboli
Ayollar futboli bo'yicha Oliy liga jamoalari, qoldirilgan “So'g'diyona-W” va “Bunyodkor” jamoalari o'yinini inobatga olmaganda, mavsumni yakunlashdi.

Musobaqaning sovrindorlari nomi allaqachon malum bo'lib ulgurgandi – “So'g'diyona-W” oltin, “Bunyodkor” kumush, mamlakatning ko'pkarra chempioni “Sevinch” esa bronza medallariga loyiq topilgandi. So'nggi turda AGMK-W ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g'alabadan keyin “Sevinch” jamoasi azolari klub mutasaddilari, homiylari tomonidan munosib taqdirlandi – qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlanishdi. So'nggi tur faqat “V” guruhi peshqadami nomiga oydinlik kiritishi bilan muhimroq edi. Bu nomga davogarlardan biri “Paxtakor” safarda “Qizilqum-W” bilan  durang o'ynadi, o'z maydonida “Nurafshon-W”ni qabul qilgan va yirik hisobda zafar quchgan “Navbahor-W” 26 ochko to'plagan holda guruhda karvonboshi bo'ldi.

 

Oliy liga. 23-tur

9 noyabr, seshanba

 

SEVINCH – AGMK-W – 4:0 (0:0)

Qarshi. “Geolog” stadioni. 45 tomoshabin.

Hakamlar: Edita Mirabidova, Darya Snetkova, Mohirabonu Muralieva

Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Maftuna SHoyimova (77), Nilufar Qudratova (81), Gulzoda Amirova (90+1), Laylo SHodieva (90+4)

“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo SHodieva, Maftuna SHoyimova, Ana Alekperova, Gulzoda Amirova, SHodiya Tosheva, SHaxrizoda Zayniddinova, Feruza Boboxo'jaeva (Angelina Polyushkevich, 57), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova

AGMK-W:  Nilufar Qurbonalieva, Darina Fedosenko, Kamila Zaripova, Munisa G'iyosova, Leyla Rustullaeva (Leyla Oraniyozova, 83), Sevinch Qo'chqorova, SHohida Tojiddinova, O'g'iloy Ilasheva, Maftuna Panjieva, Feruza Turdiboeva, Orasta Tojiboeva

Ogohlantirishlar: Laylo SHodieva (14), SHodiya Tosheva (47), Maftuna SHoyimova (62) – Maftuna Panjieva (55)

 

QIZILQUM-W – PAXTAKOR-W – 2:2 (1:0)

Navoiy. “Yoshlik” stadioni. 45 tomoshabin.

Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: SHaxzoda Jamolova (16, 54) – Alisa Zaxarenko (78), Malika Xalilova (87)

“Qizilqum-W”: SHaxnoza Karimova, Baxtishod To'xtaeva, Zarina Boboeva, Feruzaxon Jo'raboeva, SHaxzoda Jamolova, Madina Kamoltoeva, Omadoy Mingboeva, CHiroygul Dehqonova, Gulchiroy Ibrohimova, Farichehra Abduvohidova, Mohinur Qo'zieva (Oygul Yoqubova, 90)

Paxtakor-W”: Nigora Uzganova, Madina Abduraimova, Alisa Zaxarenko, Dinara Tagirova, Lidiya Cema, Umida Xotamova, Durdona Baxtiyorova, Zuhra Baxriddinova, Maxzuna Abdukarimova, Ekaterina Salnikova, Zebiniso Avliyoqulova (Malika Xalilova, 61)

Ogohlantirishlar: Gulchiroy Ibrohimova (7), Madina Kamoltoeva (89) – Dinara tagirova (44), Lidiya Cema (53).

 

NAVBAHOR-W – NURAFSHON-W – 6:0 (3:0)

Namangan. “Navbahor” markaziy stadion zaxira maydoni. 132 tomoshabin

Hakamlar: Lochin Dolimov, Abdulhamid Abduraimov, Azizbek Isaqov

Nazoratchi: Islom Rahimov

Komissar: Akmal Qoraboev

Gollar: Nargiza Abdurasulova (7, 45+1, 71, 85), Nilufar Dadajonova (45), Madina Hikmatova (70-pen.)

“Navbahor-W”: Hurmatoy Kamolxo'jaeva, Madina Hikmatova, Nilufar Dadajonova, Nargiza Abdurasulova, Zarina Xo'jaeva, Sarvinoz Komiljonova, Muqaddam Abdullaeva, Mavluda Munavvarova (Sohiba Meliboeva, 75), SHohida Ergasheva (Muharram Abdullaeva, 58), Dilnora Davronova, Zuhraxon Abdurahimova

Nurafshon-W”: Nozigul G'iyosova, Sohiba Seyitmirova, Nilufar Umarova, Nigina Haydarova, Dinora Sadaqulova (Ruxsora Rasulova, 46), Nitaya Roj Kunnosa, Farzona SHonazarova, Sitora Pirnazarova, Komila To'xtasinova, CHaros G'anieva, SHaxnoza Yusupova

Ogohlantirishlar: Nilufar Dadajonova (90+1) -  SHaxnoza Yusupova (59).

 

18 noyabr, payshanba

 

SO'G'DIYONA-W - BUNYODKOR-W


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика