Ayollar futzali: “Lokomotiv” 1-turda uchta mag'lubiyat qayd etdi
21 fev 2018 20:40
Yangiliklar


Ayollar futzali: “Lokomotiv” 1-turda uchta mag'lubiyat qayd etdi
Poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasi 5 kun davomida ayollar futzal jamoalari o'rtasida mamlakat chempionati 1-tur uchrashuvlariga mezbonlik qildi.
Qisqa tanaffusdan keyin bu yil “Lokomotiv” ayollar jamoasi ham milliy chempionatimizda ishtirok etmoqda. “Temiryo'lchi” qizlar ilk turda 4ta o'yin o'tkazishdi. Tajribali “Metallurg” hamda “Sevinch”ga 1:6 hisobida imkoniyat boy berilgan bo'lsa, “Paxtakor” bilan bahs 3:5 hisobida yakunlandi. AGMK jamoasi esa 17:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.
SHu tariqa, "Lokomotiv" 1-turdan keyin 3 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasida bormoqda. Takdilab o'tamiz, 2-tur o'yinlari 3-7 mart kunlari o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar