So’nggi yangiliklar

13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  0 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  16 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  11 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  7 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  19 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  2 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  4 07:37U-18 терма жамоамиз Беларусга ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16

Ayollar futzali: Bu yilgi chempionatda qatnashish uchun hozircha 4ta jamoa istak bildirdi Yangiliklar

Ayollar futzali: Bu yilgi chempionatda qatnashish uchun hozircha 4ta jamoa istak bildirdi

Teglar :  Ayollar futzali
Mamlakatimizda ayollar futboli bo'yicha mavsum har yili yanvar oyida futzal chempionati bilan start olar edi.

Bu yil malum sabablarga ko'ra musobaqa muddati fevral oyiga belgilandi. SHu oyning ikkinchi o'n kunligida boshlanadigan va 14-marotaba tashkillashtiriladigan mamlakat chempionatida ishtirok etish uchun ayni paytda Qarshining “Sevinch”, Olmaliqning AGMK, Bekobodning “Metallurg” hamda Toshkentning “Paxtakor” jamoalari istak bildirishgan. Ishtirokchilarning umumiy soni sakkiztagacha bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 13 marta o'tkazilgan chempionatning barida “Sevinch” jamoasi kichik oltin medallar sohibi bo'lishgan. O'zbekiston Kubogi o'yinlari esa 11 marotaba tashkil etilgan, shundan o'ntasida qarshiliklar bosh sovrin egasi bo'lgan, bir marotaba bosh mukofot Zarafshon shahrining “Stroitel” jamoasiga nasib etgan.

Avvalgi chempionatlardan farqli o'laroq, bu yilgisi poytaxtdagi “O'zbekiston” sport majmuasida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика