So’nggi yangiliklar

18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  2 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  7 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  3 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  11 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  14 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  4 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  1 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  2 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3

Ayollar futboli. XXI O'zbekiston chempionati ikkinchi davrasi boshlandi Yangiliklar

Ayollar futboli. XXI O'zbekiston chempionati ikkinchi davrasi boshlandi

Ayollar futbolining joriy XXI chempionati start oldi. 12-tur doirasida hozircha ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi.

“Sevinch” jamoasining ko'p o'yinchilari turli terma jamoalarga taklif etilgani uchun ikkinchi davra uchrashuvlariga  26 sentyabr kuni kirishadi.

“Sevinch -2″ jamoasi esa, 7 avgust kuni XIV O'zbekiston Kubogi dastlabki bosqich uchrashuvini boshlaydi shu kuni Qarshi shahri “Sputnik” qo'rg'onida joylashgan “Nasaf” o'rinbosarlari futbol maydonida Navoiy shahrining “Guli” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv kech soat 18:00da boshlanadi. Javob uchrashuv esa 8 avgust kuniga belgilangan, bu uchrashuv “Geolog” stadionida ertalab 8:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Bu vaqt hali o'zgarishi ham mumkin.

“Sevinch” jamoasi XIV O'zbekiston Kubogi dastlabki bosqich uchrashuvini 26-27 avgust kunlari Qarshida o'tkazadi, jamoamizning dastlabki raqibi Xorazm viloyatining “To'maris” jamoasi bo'ladi.

Quyida XXI O'zbekiston chempionatining 12-doirasida bo'lib o'tgan ikki uchrashuv natijalari bilan tanishing:

XXI O'zbekiston chempionati 12-tur. 03.08.2015 y.

“To'maris” (Xorazm) – “Guli” (Navoiy) 1:3

04.08.2015 y.

“Buxoro W” (Buxoro) – “SHo'rtan Lady” (G'uzor) 2:1

XIV O'zbekiston Kubogining bo'lib o'tgan dastlabki bosqich uchrashuvlari natijalari:

02.08.2015 y.

“Navbahor lochinlari” (Namangan) – “Neftchi W” (Farg'ona) 1:4

04.08.2015 y.

“Neftchi W” (Farg'ona) – “Navbahor lochinlari” (Namangan) 5:0

Bugun  5 avgust kuni shuningdek chempionatning 12-doirasidagi yana bir uchrashuv bo'lib o'tadi, bunda Bekobodning “Metallurg W” jamoasi o'z maydonida Olmaliq shahrining “Olmaliq W” jamoasini qabul qiladi.

“Sevinch” jamoasi XXI O'zbekiston chempionati 12-tur uchrashuvini 26 sentyabr kuni o'z maydonida Muborakning “Mashal W” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика