Ayollar futboli. U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi
30 may 2018 17:35
Yangiliklar


Ayollar futboli. U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi
Bugun U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichi bilan birgalikda 19 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bosqichiga ham qura tashlandi.
Ushbu saralash bosqichida U-19 O'zbekiston ayollar terma jamoasi Qirg'iziston, BAA, Guam hamda Maldiv orollari terma jamoalari bilan "S" guruhidan joy oldi. Saralash o'yinlari 2018 yil 20 oktyabr kunidan 29 oktyabr kuniga qadar Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida bo'lib o'tadi.
Quyida qura natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
"A" guruhi
Avstraliya, Gonk Kong, Afg'oniston, Livan, Mo'g'uliston
"V" guruhi
Tailand, Hindiston, Pokiston, nepal, Singapur
"S" guruhi
O'zbekiston, Qirg'iziston, BAA, Guam, Maldiv orollari
"D" guruhi
Janubiy Koreya, Xitoy Taypeyi, Tojikiston, Bangladesh
"E" guruhi
Vetnam, Iordaniya, SHimoliy Mariana orollari, Malayziya
"F" guruhi
Myanma, Eron, Falastin, Laos
O’xshash yangiliklar

Fikrlar