Ayollar futboli. U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi
30 may 2018 13:50
Yangiliklar


Ayollar futboli. U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi
2019 yil Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan 16 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bosqichiga qura tashlandi.
Ushbu saralash bosqichida U-16 O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy, Iordaniya, Guam hamda SHri-Lanka terma jamoalari bilan A guruhidan joy oldi. Saralash o'yinlari 2018 yil 15 sentyabr kunidan 23 sentyabr kuniga qadar SHri-Lankaning poytahti Kolombo shahrida bo'lib o'tadi.
Quyida qura natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
"A" guruhi
Xitoy, O'zbekiston, Iordaniya, Guam, SHri-Lanka
"V" guruhi
Laos, Hindiston, Gonk-Kong, Pokiston, Mo'g'uliston
"S" guruhi
Tailand, Eron, SHimoliy Mariana orollari, Singapur, Tojikiston
"D" guruhi
Avstraliya, Xitoy Taypeci, Qirg'iziston, Falastin, Indoneziya
"E" guruhi
Filippin, Myanma, Malayziya, Nepal, Suriya
"F" guruhi
Bangladesh, Vetnam, BAA, Bahrayn, Livan
O’xshash yangiliklar

Fikrlar