So’nggi yangiliklar

10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога ҳимоячи сотиб олади  2 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  1 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  5 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  6 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  4 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  6 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  1 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  16 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  5 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  23 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  3 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  6

Ayollar futboli. “Sevinch” O'zbekiston Kubogi-2015 finaliga chiqdi! Yangiliklar

Ayollar futboli. “Sevinch” O'zbekiston Kubogi-2015 finaliga chiqdi!

“Sevinch” jamoasi o'z maydonida O'zbekiston Kubogi-2015 yarim finali javob uchrashuvini Navoiyning “Guli” jamoasiga qarshi o'tkazdi.


23 oktyabr kuni Navoiy shahrida bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda jamoamiz deyarli O'zbekiston Kubogi-2015 finali yo'llanmasi taqdirini hal qilib bo'lgandi, ular safarda “Guli” jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etishgan edilar.

Bugungi javob uchrashuvida kichik hisobdagi g'alaba yoki durang ham jamoamizni finalga olib chiqishi mumkin edi.

Jamoamiz kutilganidek o'yin boshidanoq ustunlikni o'z tomoniga og'dirib oldi. O'yindagi hisob ham jamoamiz tomonidan 4-daqiqadayoq ochildi. Ko'pchilik bo'lib oldinga o'tishgan qizlarimiz yarim himoyachi Feruza Turdiboevani to'p bilan taminlashdi. Ushbu o'yinchimiz kuchli zarbaga ega bo'lib, to'pni qabul qilgan zahoti jarima maydoni yaqinidan darvozaga kuchli va aniq zarba yo'llab, jamoadoshlarini hisobda oldinga olib chiqdi – 1:0.

Tezkor goldan keyin maydonda to'p uchun kurash keskin tus oldi. Mehmonlar 10-daqiqada jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Jarima to'pini jamoa sardori Ilvina Ablyakimova bajardi, jarima maydonchasidan uncha uzoq bo'lmagan masofadan jonli devor osha tepilgan kuchli zarbani jamoamiz darvozaboni Matluba Abdirasulova chiroyli tarzda qaytarishga erishdi.

Ketma-ket tashkil etilgan hujumlarning birida jamoamiz oradagi hisobni 2:0ga etkazishga erishdi. O'ng tomondan oshirib berilgan to'pni darvoza yaqinida turgan Saida Xandamova darvoza to'riga joylab qo'ydi – 2:0.

Bu hisobdan ham qoniqmagan qizlarimiz uchrashuvni yana hujumkor ruhda davom ettirishdi. Birinchi bo'lim oxirigacha uchrashuv ana shu tarzda davom etdi, ammo darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo'lim teng kurashlar ostida boshlandi, to'p uchun kurash asosan maydon markazida davom etdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida chamasi 28 metrlardan Fkruza Turdiboevaning tepgan kuchli zarbasini mehmonlar darvozaboni Kamila Yumangulova qaytarishga ojizlik qildi, to'p darvoza to'ridan joy oldi – 3:0.

Ushbu gol bilan oradagi umumiy hisob 6:0 etgan edi. Bu hisob bilan o'yin taqdiri ham hal bo'lgandi. SHuning uchun jamoamiz qolgan daqiqalarni ko'pincha to'pni o'zida saqlab, raqib jamoani to'psiz qoldirishga harakat qilishdi. Orada tashkil etilgan hujumlar uncha xavfli ko'rinish olmadi. SHunday qilib, jamoamiz har ikkala uchrashuvda bir xil hisobda g'alaba qozonib, o'z tarixida navbatdagi O'zbekiston Kubogi finaliga chiqdi.

Jamoamizning O'zbekiston Kubogi-2015dagi raqibi 5 noyabr kuni aniq bo'ladi.

CHempionlikni muddatidan avval qo'lga kiritgan jamoamiz oldida yana ikki tur uchrashuvlari bor. Navbatdagi uchrashuvlar safarda  “Neftchi W” va “Andijanka” jamoalariga qarshi o'tkaziladi. Qolgan uchrashuvlarda ham jamoamiz g'alaba qozonsa, bu yilgi mavsumni mag'lubiyatsiz tugatadi va o'zgacha rekord o'rnatadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Kubogi-2015 finali Olmaliq shahridagi “Metallurg” stadionida 15 noyabr kuni o'tkaziladi.

O'zbekiston Kubogi-2015 yarim finali javob uchrashuvi

“Sevinch” (Qarshi) – “Guli” (Navoiy) 3:0 (2:0)

Qarshi sh., “Geolog” stadioni. 29.10.2015. 15:00da

Dastlabki uchrashuv: 3:0

Gollar: Feruza Turdiboeva, 4-1:0, 71-3:0,  Saida Xandamova, 22-2:0.

Bosh hakam: Jaloliddin Husnitdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Nigora Muhammdaieva (Termiz), Kristina Sereda (Buxoro)

Zaxira hakami: Zilola Rahmatova (Qarshi)

Nazoratchi: Ayub Isaev

O'zAFA vakili: Alisher Fayziev

“SEVINCH”: 16. Matluba Abdirasulova, 3.Oliya Axmedova, 18. Kamola Risqieva, 11. SHaxzoda Jamolova, 15. Fayoza Samandarova, 4. Saida Xandamova, 7. Feruza Turdiboeva, 17. Tanzila Zarbieva, 19. Mariya Moiseeva, 25. Zumrat Nazarova, 10. Zebo Jo'raeva (s).

ZAXIRA: 1.Olga Kaxarova, 12.Laylo Tilavova, 5.Mahliyo Yusupova, 77.Kunnosa Netroyaj, 2.Angelina Polyushkevich.

“GULI”: 1.Kamila Yumangulova, 2.Selima Bugueva, 4.Anastasiya CHernova, 5.Diyora Rahmatova, 7.Sitora Muqumova, 10.Ilvina Ablyakimova(s), 11.Fazilat Baxramova, 12.Sarvinoz Raxmatova (20.Uldona To'xtaeva 55), 16.Muazzam SHaripova, 21.SHahlo Qodirova, 22.SHoira Qulto'raeva.

ZAXIRA: 6.Oysanam Bozorova, 8.Marhabo Esanova, 19.Nilufar Toshpo'latova.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика