So’nggi yangiliklar

22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  2 22:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Фламенго" – "Челси". Таркиблар аниқ!  1 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  48 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  3 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  7 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  3 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1

Ayollar futboli. “Sevinch” G'uzorga safar uyushtiradi Yangiliklar

Ayollar futboli. “Sevinch” G'uzorga safar uyushtiradi

Teglar :  Ayollar futboli
Jamoamizning bir qator o'yinchilari mamlakat terma jamoalari safiga taklif etilganlari bois XXI O'zbekiston chempionati ikkinchi davrasidagi o'yinlarimiz taqvimida o'zgarishlar ro'y bergandi.

Ayni paytda yana jamoamiz to'liq tarkibga ega bo'lib, tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borishmoqda.

Jamoamiz ertaga G'uzorga safar uyushtiradi. CHempionatning 16-turi doirasidagi uchrashuvni joriy mavsumdagi autsayderlardan biri “SHo'rtan Lady” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Birinchi davraning 5-turida bo'lib o'tgan uchrashuvda jamoamiz “SHo'rtan Lady” jamoasini 7:0 hisobida mag'lub etgan. Quyida ana shu uchrashuvning qaydnomasini etiboringizga havola qilamiz.

XXI O'zbekiston chempionati, 5-tur

“Sevinch” (Qarshi) – “SHo'rtan Lady” 7:0

 Qarshi sh. “Geolog” stadioni.17:00

Gol: Mariya Moiseeva, 16-1:0, Maxliyo Sarikova (Z.Jo'raeva), 22-2:0, Nilufar Qudratova,25-3:0, Zebo Jo'raeva, 40-4:0, Mahliyo Sarikova, 50-5:0, Mariya Moiseeva, 60-6:0, Laylo Tilavova, 87-7:0.

Bosh hakam: Xusniddin Bahodirov (Toshkent sh.)

Qanot hakamlari: Zilola Rahmatova (Qarshi sh.), Dilfuza Ro'zieva (Qarshi sh.)

Zaxira hakami:  Marjona Rahmatqulova (SHaxrisabz sh.)

Nazoratchi:  Konstantin Smirnov  (Qarshi sh.)

O'zAFA vakili: Alisher Fayziev.

“Sevinch”: 16. Matluba Abdirasulova, 5. Mahliyo Yusupova (2. SHoxida Tojiddinova 46), 25. Zumrat Nazarova (3. Laylo Tilavova 73), 11. SHaxzoda Jamolova, 7.Maftuna SHoyimova, 4. Saida Xandamova, 17. Tanzila Zarbieva, 19. Mariya Moiseeva, 9. Mahliyo Sarikova (6. Fayoza Samandarova 68), 23. Nilufar Qudratova, 10. Zebo Jo'raeva (s).

Zaxira: 1.Olga Kaxarova, , 18. Kamola Risqieva.

“SHo'rtan Lady”: 22.Zarina Saidova (1.Zarina Ismatova 57), 2.Muxlisa Mirzayorova, 3.Yulduz SHodieva, 5.Baxtishoda To'xtaeva, 11.Durdona Yo'ldasheva, 14.Zulfiya Abdieva (30.Gulzoda Saidova 33), 17. Gavhar Tulanova, 20.Gulirano Tolmasova, 23.Sayyora Nurmatova (28.Sarvinoz Nazarova 26), 27.Setora Normurodova (12.Ug'iloy  Parmonova 88).

Zaxira:, 4.Umida Mustafoeva, 9.Parizod Eshqulova, 10.Ezoz Ochilova.

Ogohlantirish: Muxlisa Mirzayorova 83, Yulduz SHodieva 85.

“SHo'rtan Lady” jamoasi ayni paytda 15 uchrashuv o'tkazib, oliy ligadagi 12 jamoa orasida turnir jadvalining 11-pog'onasida bormoqda. Ular bir g'alaba, bir durang va 13 mag'lubiyat bilan 4 ochko to'plashgan xolos. “Sevinch” jamoamiz esa, 13 uchrashuv o'tkazib, hammasida g'alaba qozonib 39 ochko to'plagan holda chempionat turnir jadvalining 2-pog'onasida borishmoqda. Jamoamiz hisobida shuningdek ikkita qoldirilgan uchrashuv ham bor.

Demak, 29 sentyabr kuni bo'ladigan uchrashuv G'uzor shahridagi “SHo'rtan” FM stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Ushbu o'yinga O'zbekiston ayollar futboli Assosaciyasi tomonidan quyidagi hakamlar va nazoratchi tayinlangan.

XXI O'zbekiston chempionati, 16-tur

“SHo'rtan Lady” (G'uzor) – “Sevinch” (Qarshi)

 G'uzor sh. “SHo'rtan” FM stadioni. 16:00

Bosh hakam: Suxrob Sattarov (SHaxrisabz).

Hakamlar: Dilfuza Ro'zieva (Qarshi), Marjona Rahmatqulova (SHaxrisabz).

Zaxira hakami: Xusnora Jumaeva (Qarshi)

Nazoratchi: Konstantin Smirnov (Qarshi)

O'zAFA vakili: Alisher Fayziev.

Barcha fubol ishqibozlarini ushbu o'yinni tomosha qilishga taklif etib qolamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика