Ayollar futboli. O'zbekiston - Ekvator Gvineyasi 5:0
18 fev 2021 13:10
Yangiliklar


Ayollar futboli. O'zbekiston - Ekvator Gvineyasi 5:0
Antalya shahridagi “Emir Hotels” sport majmuasida o'tgan mazkur bahsda vakillarimiz Afrika qitasining ikki karra chempionlari Ekvator Gvineyasiga qarshi kurash olib bordi.
O'yinni to'liq ustunlik bilan o'tkazgan ayollar terma jamoamiz yakunda 5-0 hisobi bilan g'alabaga erishdi. Gollarga Nilufar Qudratova, Maftuna SHoyimova, Diyora Xabibullaeva hamda Lianna Narbekova mualliflik qildi.
Bahrom Norsafarov shogirdlari bugun kunning ikkinchi yarmida navbatdagi uchrashuv uchun tayyorgarlik jarayonini boshlaydi. 20-fevral kungi 2-tur bahsida terma jamoamizga Jahon chempionatlarining muntazam ishtirokchisi, Afrika birinchiligining 11 karra g'olibi Nigeriya ayollar terma jamoasi raqiblik qiladi.
“Festival Women’s Trophy 2021” | 1-tur
O'zbekiston 5:0 Ekvator Gvineyasi
Gollar: Nilufar Qudratova (dubl), Maftuna SHoyimova, Diyora Xabibullaeva, Lianna Narbekova
O’xshash yangiliklar

Fikrlar