So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

Ayollar futboli. Jahon chempionatida kuchlilar saralanmoqda Yangiliklar

Ayollar futboli. Jahon chempionatida kuchlilar saralanmoqda

Teglar :  Ayollar futboli
Franciyada ayollar o'rtasida navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergandik.

7 iyulga qadar davom etadigan musobaqada jamoalar to'rttadan 6ta guruhga bo'lingan. Reglamentga ko'ra har bir guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni olgan jamoalar hamda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan to'rtta 3-o'rin egasi keyingi bosqichga yo'l oladi. 

"A" guruhi - Franciya, Janubiy Koreya, Nigeriya, Norvegiya

"B" guruhi - Xitoy, Germaniya, JAR, Ispaniya

"C" guruhi - Avstraliya, Braziliya, Italiya, Yamayka

"D" guruhi - Argentina, Angliya, Yaponiya, SHotlandiya

"E" guruhi - Kamerun, Kanada, Gollandiya, Yangi Zelandiya

"F" guruhi - CHili, SHveciya, Tailand, AQSH 


Hozircha uchta guruhda turlar o'z yakuniga etdi. "A" guruhidan Franciya va Norvegiya keyingi bosqichga yo'l oldi. Nigeriyada uchinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Janubiy Koreya esa barcha uchrashuvlarni boy bergan holda musobaqani tark etdi. 

"B" guruhidan uchta jamoa 1/8 finalga yo'l oldi: Germaniya, Ispaniya va Xitoy. JAR ayollar termasi hamma o'yinni boy berdi. Xitoy 3-o'rinni egallab ham keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi, bunga sabab xitoylik qizlar 4 ochko yig'ishdi va bu borada boshqa guruhlardagi 3-o'rin egalaridan oldinda. 

"C" guruhidan ham uchta jamoa keyingi etapga chiqdi: Italiya, Avstraliya, Braziliya. Yamayka uchala uchrashuvda ham mag'lub bo'ldi. Bu guruhdagi dastlabki uch jamoa bir xil 6 ochko jamg'ardi. 

"D" guruhi jamoalari hozircha ikkita tur o'tkazishdi. Angliya va Yaponiya keyingi bosqichga chiqdi. Argentina masalasi oxirgi turda hal bo'ladi. SHotlandiya hisobida hozircha 0 ochko bor. 

"E" guruhidan Gollandiya bilan Kanada 1/8 final yo'llanmasiga ega bo'ldi. Kamerun va Yangi Zelandiya hisobida hozircha ochko yo'q. Va nihoyat "F" guruhidan AQSH va SHveciyaga omad kulib boqdi. CHili va Tailand ayollar termalari hali ochko jamg'arishmadi. 

Hozirgi holatga ko'ra 3-o'rinlar orasida eng yaxshi ko'rsatkich qayd etib turgan eng yaxshi to'rtta jamoa: Braziliya (6 ochko), Xitoy (4 ochko), Nigeriya (3 ochko), Argentina (1 ochko). 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика