So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  0 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  2 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  9 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  5 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

Ayollar futboli. III O'zbekiston superkubogi. Prevyu Yangiliklar

Ayollar futboli. III O'zbekiston superkubogi. Prevyu

Ertaga, 17 aprel dushanba kuni JAR stadionida III O'zbekiston Superkubogi bahsi bo'lib o'tadi.

Unda o'tgan mavsumning chempioni va kubok sohibi – Qarshining “Sevinch” jamoasi, 2016 yilgi mavsumda kumush medallarni qo'lga kiritgan Bekobodning “Metallurg W” jamoasi bilan kuch sinashadi.

O'zbekiston Superkubogi tarixidan

O'zbekiston Superkubogi shu paytgacha ikki marta o'tkazilgan. Birinchi superkubokni “Sevinch” jamoasi qo'lga kiritgan. Ikkinchi superkubok sohibi esa “Metallurg W” jamoasi hisoblanadi.

Ayollar o'rtasidagi futbol bo'yicha oliy liga musobaqasida superkubok bahsi ilk marta 2015 yili o'tkazilgan. Dastlabki superkubok ikki uchrashuvdan iborat bo'lgan. Unda kubok sohibi  “Metallurg W” va mamlakat chempioni “Sevinch” jamoalari o'zaro kuch sinashgan. 2015 yili 16 aprelda, Bekobodda bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda jamoamiz bekobodlik qizlarni 3:0 hisobida mag'lub etgan bo'lishsa, 23 aprel Qarshida bo'lib o'tgan javob uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan. Har ikkala uchrashuv natijasiga binoan “Sevinch” g'olib bo'lgan va I O'zbekiston Superkubogi sohibiga aylangan.

II O'zbekiston Superkubok bahsi bir uchrashuvdan iborat bo'lgan. Bu uchrashuv o'tgan yili 26 aprel kuni Toshkentdagi “JAR” stadionida bo'lib o'tgan. Bu superkubok bahsida “Sevinch” kichik 1:0 hisobida “Metallurg W” jamoasiga imkoniyatni boy bergan.

Demak, mamlakatimizda ayollar o'rtasidagi futbol bo'yicha superkubokni “Sevinch” va “Metallurg W” jamoalari bir martadan qo'lga kiritishgan.

Bo'lajak bahs haqida

Hozirgi paytda mamlakatimiz ayollar futbolida “Sevinch” va “Metallurg W” jamoalari asosiy sovrinlar uchun, asosiy raqobatchilar hisoblanishadi. Bu jamolar endi uchinchi marta superkubok uchun o'zaro kuch sinashishadi.

“Sevinch” bu uchrashuvda nominal maydon egasi hisoblanadi.

Ushbu uchrashuvni ikkinchi marta mamlakatimizni eng yaxshi hakamlaridan biri bo'lgan Edita Mirobidova boshqaradi. Unga mamlakatimizda va xalqaro uchrashuvlarda ishlayotgan, tajribali hakamlarimiz yordam berishadi. Eng qizig'i o'tgan yilgi superkubok bahsini ham mana shu hakamlar guruhi boshqarishgan.

III O'zbekiston Superkubogi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod)
17.04.2017. “JAR” stadioni. Soat 14:00da
Bosh hakam:
Edita Mirobidova (Toshkent)
Qanot hakamlari: Kristina Sereda (Buxoro), Zilola Rahmatova (Qarshi)
Zaxira hakami: Anna Sidorova (Toshkent)
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent)
O'zAFA vakili: Alisher Fayziev.

Superkubokka oid faktlar

O'zbekiston Superkubogi bahslarida 1-gol muallifi jamoamiz o'yinchisi Saida Xandamova hisoblanadi. Ushbu futbolchimiz I O'zbekiston Superkubogi uchrashuvining 23-daqiqasida gol kiritgan edi.

Superkubok bahslarida gol urgan futbolchilar
Saida Xandamova – “Sevinch” – 1
Kamola Riskieva – “Sevinch” – 1
Mariya Moiseeva – “Sevinch” – 1
Zebo Jo'raeva – “Sevinch” – 1
Mohigul Ikromova – “Metallurg W” – 1
Dildora Nozimova – “Metallurg W” – 1

Ko'rib turganingizdek, o'zaro superkubok uchrashuvlarida eng ko'p gollarni jamoamiz futbolchilari kiritishgan. To'plar nisbati 4:2ni tashkil etmoqda.

Bungacha “Sevinch” jamoasi sharafini himoya qilgan Zumrat Nazarova, Mahliyo Sarikova, Feruza Turdiboevalar ayni paytda “Metallurg W” jamoasi o'yinchilari hisoblanishadi. Ular ertaga o'zlarining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishlari mumkin. Ayni payt “Sevinch” azosi bo'lgan SHodiya Tosheva birinchi superkubok bahsida bekobodliklar jamoasi safida maydonga tushgan.



O'zbekiston Superkubogi bahslaridagi natijalar

O'zbekiston Superkubogi. Dastlabki uchrashuv
“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi) 0:3
16.04.2016. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni. 17:00
Gollar:
Saida Xandamova, 23-0:1, Kamola Risqieva, 61-0:2, Mariya Moiseeva, 70-0:3,
Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent)

O'zbekiston Superkubogi javob uchrashuvi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 1:1
23.04.2015. Qarshi sh.”Geolog” stadioni. 17:00
Gollar
: Zebo Jo'raeva 20 – 1:0 – Moxigul Ikromova 22  – 1:1
Bosh hakam: Anna Sidorova  (FIFA referisi, Toshkent sh.)

II O'zbekiston Superkubogi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 0:1 (0:0)
26.04.2016 y.Toshkent sh. “JAR” stadioni. Soat 15:00da
Gol:
Dildora Nozimov, 48’-0:1.
Bosh hakam: Edita Mirobidova (Toshkent)
 
Ushbu jamoalar o'rtasidagi har bir uchrashuv kurashlarga boy va murosasiz tarzda kechgan. Ertaga ham ana shunday qiziqarli uchrashuv bo'lishiga shubha yo'q.

Barcha futbol ishqibozlarini ana shu qiziqarli uchrashuvga taklif etib qolamiz.

Sevinch PFK matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика