So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

Ayollar futboli. Futzal terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Ayollar futboli. Futzal terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  FutzalO'zbekiston
Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi shu yilning 2-12 may kunlari Tailandda o'tadigan Osiyo chempionatiga Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan edi.

Futzalchi qizlarimiz “CHig'atoy” sport bazasida joylashgan holda “Bunyodkor” stadionining zalida mashg'ulotlar olib borishdi.

Bugun “CHig'atoy” sport bazasida futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'FA va PFL rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda so'zga chiqqanlar futzalchi qizlarimizga bo'lajak musobaqada omad yor bo'lishini tilashdi. O'z o'rnida futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Avaz Maxsumov O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan terma jamoa uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik izhor qildi. Terma jamoa sardori Mavluda Munavvarova esa bo'lajak musobaqada yaxshi ishtirok etggan holda, yurtimiz shanini Osiyo chempionatida munosib himoya qilishga vada berdi.

Futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston ayollar terma jamoasi bilan birgalikda Tailand, Eron, Yaponiya, Malayziya, Xitoy, Gonk Kong, Vetnam, Bahrayn, Xitoy Taypeyi, Livan, Makao, Turkmaniston, Bangladesh hamda Indoneziya terma jamoalari ishtirok etishadi.

O'zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion Eron va musobaqa debyutanti Turkmaniston jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan. Jamoamiz dastlabki o'yinini 5 may kuni Turkmaniston jamoasiga qarshi, ikkinchi o'yinni esa 7 may kuni Eronga qarshi o'tkazadi.

05.05.2018 O'zbekiston – Turkmaniston

07.05.2018 Eron - O'zbekiston

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari bugun tunda Tailandga yo'l olishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика