Ayollar futboli. “Bunyodkor”da navbatdagi yirik g'alaba
03 iyu 2015 08:45
Yangiliklar
Ayollar futboli. “Bunyodkor”da navbatdagi yirik g'alaba
O'tgan turda vodiyning “Andijanka” jamoasi darvozasini javobsiz to'rt bor ishg'ol qilgan bunyodkorchilar bu safar “Neftchi” darvozasini besh marta “o'qqa” tutdi. Hujumchimiz Kristina CHunakova “poker” qayd etdi.
“BUNYODKOR” – “NEFTCHI” 5:0 (1:0)
Gollar: Kristina CHunakova (25, 67, 72, 81), Lianna Norbekova (69)
“Bunyodkor”: 1. Yuliya Axmedova, 2. Svetlana Valieva (S) (4. SHaxnoza Maxmudova 79), 3. Kristina CHunakova (21. Feruza Rahmonova 83), 7. Lianna Narbekova, 10. Saida Galimova, 11. Ekaterina Salnikova (8. Mardona Elamasova-46), 13. Lidiya Cema (18. Madina Yusupova 73), 15. Umida Zoirova, 17. Muqaddam Abdullaeva, 20. SHoxsanam Abdulboqieva (Madina Voxidova 46), 27. Maftuna Jo'raeva (5. Anzilya Ermakova 56)
Zahira: 25. Diyora G'ulomova (darvozabon)
“Neftchi”: 22. Oydinoy Turdimatova (S), 4. Muxlisa Qosimova, 6. Feruza Jo'raboeva (3. Lola Mirzaeva 85), 7. Moxlaroy Ergashzoda, 8. SHaxnoza Akramova (Gulsanam Yusupova 15), 9. SHoxida Ergasheva, 10. SHaxnoza Karimova, 11. Zulxumor Nematova (20. Muxlisa Otaqo'zieva 71), 15. Muxarram Abdullaeva, 17. Xilola Obidjonova, 21. Nigora Mo'ydinova
Zahira: 1. Madina Isroilova (darvozabon), 5. Sevara Ibragimova, 16. Zarnigor To'xtasinova.
Hakamlar: Jasur Qudratov (Samarqand); Zilola Rahmatova, Dilfuza Ro'zieva (ikkalasi Qarshi), Xusniddin Bahodirov (Toshkent)
Nazoratchi: Vladimir Beglaryan (Nukus)
O'AFA vakili: Elmira G'ulomova (Toshkent)
30 may 2015 g. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni.
“Bunyodkor” ayollar jamoasi keyingi 6 va 7-turlarni mehmonda o'tkazadilar. Rashid G'ofurov shogirdlari 3 iyun kuni Navoiyda “Guli”, 6 iyunda Xorazmda “To'maris” klubi mehmoni bo'ladilar.
Fikrlar