Ayollar futboli. Bugun O'zbekiston Kubogi finali
15 noy 2015 09:43
Yangiliklar
Ayollar futboli. Bugun O'zbekiston Kubogi finali
"Sevinch" shu paytgacha sakkiz marta O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan. Ilk marta 2006 yili billur sovrinni qo'lga kiritgan futbolchi qizlar so'nggi marta 2013 yili kubokka egalik qilishgan. O'tgan yilgi kubok finalida ham mazkur ikkala jamoa bahs olib borgan, unda omad bekobodlik qizlar tomonida bo'lgan. Ammo bu yil mavsum boshida birinchi marta o'tkazilgan Superkubok bahsida "Sevinch"ning qo'li baland kelgan edi.
Bu yilgi finalda yana azaliy raqiblar asosiy sovrin uchun maydonda saf tortishadi. Jamoamiz ushbu final uchrashuviga jiddiy tayyorgarlik olib bordi. Hamma finalga tayyor.
Bugungi final uchrashuvi soat 14:00da boshlanadi.
XIV O'ZBEKISTON KUBOGI. FINAL
15.11.2015 y. Olmaliq shahri. OKMK stadioni. 14:00da
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod)
Bosh hakam: Jaloliddin Husnitdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Bahodir Bahromov (Toshkent), SHohruhbek Azamov (Toshkent)
Zaxira hakami: Bahodir Husnitdinov (Toshkent)
Nazoratchi: Farxod Abdullaev (Toshkent).
Barcha futbol ishqibozlarini final uchrashuviga chorlab qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar