Ayollar chempionati: “Sevinch” chempionlikni deyarli hal etdi
06 mar 2018 19:27
Yangiliklar


Ayollar chempionati: “Sevinch” chempionlikni deyarli hal etdi
CHempionlikka asosiy davogar ikki klub – “Sevinch” va “Metallurg”ning ikkinchi o'yinida ham qarshiliklar muvaffaqiyat qozonishdi. “Sevinch”ning sobiq azolari jam bo'lgan “Metallurg”ning asosiy tarkibi ham, ikkinchi to'rtligi ham qarshiliklar oldida “ip esholmadi”. O'zaro ikki o'yin natijasidan kelib chiqib aytish mumkinki, “Sevinch” navbatdagi chempionlikni deyarli hal etib qo'ydi.
Olmaliqning AGMK jamoasi esa boshqalarga gollari sonini ko'paytirish imkonini beryapti. Jamoaning asosiy tarkibi katta futbol mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsa, futzal chempionatda klubning asosan yoshlar tarkibi ishtirok etyapti. Futzalda hali tajriba orttirib ulgurmagan yosh qizlar esa “opalari” qarshiligini qaytara olishmadi.
Ertaga chempionat ikki nchi turining so'nggi kun uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
O'yinlar natijasi:
3 mart
“Sevinch” – “Paxtakor” – 16:0
“Metallurg” – AGMK – 27:0
4 mart
“Lokomotiv” – “Metallurg” – 3:10
AGMK – “Sevinch” – 0:26
5 mart
“Lokomotiv” – “Sevinch” – 0:12
“Paxtakor” – AGMK – 17:0
6 mart
“Metallurg” – “Sevinch” – 1:3
“Lokomotiv” – “Paxtakor” – 4:2
7 mart
“Metallurg” – “Paxtakor”
“Lokomotiv” - AGMK
O’xshash yangiliklar

Fikrlar