Ayol hakam boshqargan o'yinda Lokomotiv M Vengriya klubini mag'lub etdi
03 fev 2017 21:18
Yangiliklar
Ayol hakam boshqargan o'yinda Lokomotiv M Vengriya klubini mag'lub etdi
Vengriyaning Videoton klubiga qarshi o'tgan bahsni ispaniyalik ayol hakam Beatris Torres Korral boshqarib bordi. Unda Lokomotiv 2:0 hisobida zafar quchdi. O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov uchrashuvda 72 daqiqa o'ynadi.
5 fevral kuni Lokomotiv ushbu yig'in doirasida Yaponiyaning Syonan Belmare klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Lokomotiv - Videoton - 2:0 (1:0)
Gollar: Maykon, 13 (1:0). Al.Miranchuk, 58 (penalti) (2:0).
Bosh hakam: Beatris Torres Korral
Lokomotiv: Gilerme (Abaev, 46), Peychinovich, CHorluka (Yanbaev, 46), Mixalik (Lapshov, 72), Vitaliy Denisov (Lisov, 72), I.Denisov (Ndinga, 60), Barinov (Galanin, 46), Ignatev (Rotenberg, 65), Al.Miranchuk (Natxo, 60), Kasaev (Portnyagin, 46), Maykon (Galadjan, 68)
Videoton: Zeldeshi, Seyben, Peleshkey, Feyes, Varga, Kovash, Lenart, Simon, Gereshi, Barchi, Bevardi
3 fevral 2017. Ispaniya, Marbelya. Municipal stadioni
Fikrlar