"Ayntraxt" direktori: "Real" Yovichni sotib olmoqchi bo'lsa, bizda uni saqlab qolish imkoni yo'q"
24 apr 2019 21:55
Yangiliklar


"Ayntraxt" direktori: "Real" Yovichni sotib olmoqchi bo'lsa, bizda uni saqlab qolish imkoni yo'q"
"Ayntraxt" sport direktori Freddi Bobich Yovich va "Real" o'rtasidagi kelishuv bo'lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Yovich "Real"ga haqiqatan ham yo'l olishi mumkin. Men uni jamoada qolishiga umid qilaman. Lekin, vaziyatga real baho berish kerak. Agar "Real Madrid" kabi katta jamoadan taklif bo'lsa, bizda uni klubda saqlab qolishimiz qiyin bo'ladi", - deydi Bobich.
Avvalroq, Luka Yovichning tahminiy narhi 70 million evro etib belgilangandi. 21 yoshli serbiyalik joriy mavsum Bundesliganing 28 uchrashuvida 17 ta gol urib, 6 marta golli uzatma berishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar