So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  7 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  13 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6

Aybek Nurboev: "Bugungi o'yindagi g'alaba juda muhim edi, aks holda turnir jadvalida orqada qolib ketardik" Yangiliklar

Aybek Nurboev: "Bugungi o'yindagi g'alaba juda muhim edi, aks holda turnir jadvalida orqada qolib ketardik"

"Jayxun" bosh murabbiyi Aybek Nurboev Pro liga 7-tur doirasidagi "Olimpik"ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik, sababi mehmondagi o'yinlarda ochko ololmay kelayotgandik. O'yinimiz dastavval 26 mayda bo'lib o'tishi kerak edi, ammo 1 iyunga ko'chirildi va bu bizga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishga imkoniyat yaratdi. O'yinga keladigan bo'lsak, boshqacha taktik sxemada o'yinga chiqqanimiz sabab, birinchi taymdagi rejalarimiz amalga oshmadi. Bu sxema ilk bor "Olimpik"ga qarshi qo'llandi, ammo muvaffaqiyatsiz kechmadi, shunday bo'lsa ham vaziyatlar bo'lmadi deb ayta olmayman, bosh bilan berilgan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi. So'ngra ikkinchi bo'limda o'zgarishlar qildik va eski sxemaga qaytdik. Shundan so'ng o'yinchilarimiz o'zlarini yaxshi his qilishdi va taym boshida gollar urdik. Yigitlarga rahmat aytaman, bu g'alaba muhim edi. Shu g'alaba orqali turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilab oldik. Uyda bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" va "FarDU" jamoalariga qarshi o'yinlarga ham yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. "Lokomotiv" va Mirko Elichichni yaxshi bilamiz, ular ajoyib futbol namoyish etishmoqda. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilab qolaman.



— Ushbu o'yinda "Jayxun" o'yinchilarga katta ishtiyoq bilan maydonga tushganlari bilindi. Hatto Nukusdagi o'yinda ham bunchalik ishtiyoqni ko'rmagandik. Buning sababi nimada?

— Yuqorida aytganimdek, mehmonda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Bunga qadar ham safarda yaxshi o'yinlar ko'rsatganmiz, buni boshqa murabbiylar ham etirof etmoqda, ammo natija masalasida omadimiz kelmayotgandi. Yigitlarga jadvaldagi holatimiz yaxshi emasligini tushuntirdim va yutmasak orqada qolib ketishimizni aytdim. Yigitlarga motivaciya beryapman, bu ushbu jamoaning Pro ligadagi ilk ishtiroki. Maqsadimiz avvalo O'zbekiston terma jamoasiga o'yinchilarni etkazib berishdir, keyinchalik esa "Aral", Superliga klublar va yoshlar terma jamoalariga. Ular uchun Toshkentdagi har bir bahs o'ziga xos motivaciya bo'lmoqda. Ularga ushbu o'yinlarda mutaxassislar kuzatib borishlari orqali Superliga klublarining etiborlarini tortishlari mumkinligi va O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga jalb qilinishlari mumkinligini aytaman.

— Bugungi o'yin uchun qaydnomada Nurbek Sarsenbaev o'rin olmadi. O'yindan oldin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ro'yxati elon qilindi, ammo uni o'sha ro'yxatdan ham topa olmadik. Buning sababi nimada?

— Uning qo'shilganiga ko'p bo'lmadi. Shundan so'ng u jarohat oldi va safimizga qaytganiga uch kungina bo'ldi. Hozirda yakka tartibda shug'ullanmoqda va formasini tiklab olishi kerak. Hozirda pauza kerakligi haqida terma jamoani ham xabardor qildik. U hozirda Nukusda ikki mahal mashg'ulotlar olib bormoqda va o'zini ustida ishlamoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика