"Ayaks"ning 15 yoshli forvardi "Borussiya"ga o'tadi
16 jan 2021 22:24
Yangiliklar


"Ayaks"ning 15 yoshli forvardi "Borussiya"ga o'tadi
Dortmundning "Borussiya" klubi "Ayaks" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Yulian Roykxoff bilan shartnoma imzolaydi.
"De Telegraaf" xabariga ko'ra, 15 yoshli hujumchi 25 yanvar kuni nemis jamoasi bilan professional bitim tuzadi. SHu kuni Roykxoff 16 yoshga to'ladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 3 yilga mo'ljallanadi. "Ayaks" futbolchini tarbiyalagan klub sifatida malum miqdorda mablag'ga ega bo'ladi.
Xabaringiz bor, Dortmund klubi yosh iqtidorlargan alohida etibor qaratadi. "Borussiya" tarkibida harakat qilayotgan 16 yoshli Yussufa Mukoko dekabr oyida qita miqyosidagi bir nechta rekordlarni yangilagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar