

“Ayaks”ning braziliyalik yarim himoyachisi David Neres faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi allaqachon Parij klubi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. 22 yoshli futbolchining transferi 50 mln evroga baholanmoqda. Joriy mavsum futbolchi Erediviziyada 8 ta, YCHLda esa 3 ta gol urishning uddasidan chiqdi.



