“Ayaks”da jiddiy yo'qotish
14 apr 2019 09:57
Yangiliklar


“Ayaks”da jiddiy yo'qotish
“Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong Gollandiya chempionatida “Ekselsior”ga (6:2) qarshi bahsni oxiriga etkaza olmadi.
Yarim himoyachi jarohat olib, uchrashuvning 28-daqiqasida o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib berishga majbur bo'ldi.
Hozircha futbolchining jarohati va uning qachon safga qaytishi haqida malumot yo'q.
“Ayaks” yangi haftada, seshanba kuni Evropa CHempionlari ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasida Turinda “Yuventus”ga qarshi maydonga tushadi. Amsterdamda o'tgan birinchi uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgandi -1:1.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar