So’nggi yangiliklar

17:39"Насаф": Шароф Муҳитдинов билан шартнома узайтирилди  1 16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  5 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  0 14:5241 ёшли Тьяго Силва эркин агентга айланди  0 13:58Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ"  6 13:55Пауло Дибала энди "Рома"га керак эмас  3 13:22“Рома” Мадрид клуби ўйинчисини қишда ўзига жалб қилмоқчи  0 13:02TVCOM'да бугунги тақвим: OCTAGON 83 жанглари ва бошқалар  0 12:43Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади?  3 12:11МЮ ва "Ньюкасл" португалиялик ярим ҳимоячи учун кураш олиб боради  3 11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   6 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  1 10:49А Серия президенти: "Милан" — "Комо" учрашуви Австралияда ўтказилади  2 10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   4

ECHL. "Ayaks" - "Tottenxem" 2:3. Finalda APL derbisi Yangiliklar

ECHL. "Ayaks" - "Tottenxem" 2:3. Finalda APL derbisi

Teglar :  Ayaks Tottenxem
ECHLning ikkinchi yarim finali bo'lib o'tmoqda.

"Ayaks" - "Tottenxem" 2:3

Gol: De Ligt (5, 1:0), Ziyech (36, 2:0), Moura (55, 2:1), Moura (59, 2:2), Moura (90+5, 2:3).

"Ayaks": Onana, De Ligt, Van De Bik (Magalyan, 90), Dolberg (Sinkgraven, 67), Tadich, Mazrui, Blind, SHone (Veltman, 61), De Yong, Ziyech, Talyafiko.

"Tottenxem": Loris, Triper (Lamela, 81), Alderveyrld, Vertongen, Rouz (Devis, 82), Vanyama (Lorente, 46), Sissoko, Eriksen, Dele, Lukas, Son.

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDDDDDIIIIIIII!!! KAMBEEKKKK!!! Dahshatli o'yin. Ikki tun dahshatli o'tdi. Hech kim kutmagan natijalar bo'ldi. Uyqudan qoldik, biroq uyqu hech nima emas. Uxlab bo'lmaydi bunaqa o'yinlardan keyin. Ikki jamoaga ham rahmat. Ular bizni uxlatishga qo'yishmadi. "Ayaks"ning ertagi esa shu erda yakunlandi. Jinni bo'lib qolish hech gap emas.... Kutib oling, APL futbol taxtini egallamoqda.

90+5. GOOOOOOOOOOOLLL!!! MOURAAAAAA!! KAMBEEEEEKKKKK!!!! 

90+4. Burchak zarbasi. Loris ham raqib darvozasi oldiga etib bordi.

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Ayaks" tarkibida so'nggi o'zgarish. Uchinchi futbolchi ham himoyachi... Van de Bik o'rniga Magalyan.

87. ZARBAAAAAA!!! Burchakdan uzatilgan to'pga Son zarba berdi. To'p ustunga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga yana zarba berildi. Bu vaziyatda himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. DAXSHATTT!!!! Kambekka bir qadam qolgandi.

86. O'yin anchagina jonlangan. "Tottenxem" hujumga o'tdi. Sonning zarbasini himoyachilar qaytardi.

82. O'zgarish. Rouz o'rniga Devis.

81. "Tottenxem" tarkibida o'zgarish. Triper o'rniga Lamela maydonga tushdi.

79. Ziyechning zarbasiii!!! Ustun o'yinni va ishtiyoqni qaytardi.

77. Raqibga qarshi fol ishlatgani uchun Ziyech ham ogohlantirildi. Dahshat o'yin bo'lyapti o'ziyam. "Tottenxem" hujum qilmoqda to'xtamay.

76. Rouz ogohlantirildi.

74. ZARBAAA!!! Burchakdan uzatilgan to'pga Triper boshi bilan zarba berdi. Biroz noaniq.

71. Tadichning to'p uzatishidan keyin Sinkgraven darvozaga zarba berishi mumkin edi. Triper to'pni qaytardi. Burchakdan uzatilgan to'p keyinchalik darvoza tomon uzatildi. Loris to'pni urib yubordi. Xavfli, juda xavfli vaziyatlar!!!

67. O'zgarish. Dolberg o'rniga Sinkgraven maydonga tushdi.

66. Son raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam u simulyaciya ishlatdi deb hisobladi.

64. ZARBAAAA!! Mouraning zarbasini himoyachi qaytardi.

64. ZARBAAAAA!!! Tadichning qanotdan uzatgan pasidan keyin Ziyech o'z zarbasi bilan hisobni o'z tomoniga og'dirishi mumkin edi.

63. Blindning zarbasi noaniq ketdi.

61. SHone o'rniga Veltman maydonga tushdi.

59. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Moura dastlabki vaziyatdan unumli foydalana olmagandi. Keyinchalik qaytgan to'pni u darvozaga yo'lladi.


55. GOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Moura birga bir vaziyatdan unumli foydalandi.

53. ZARBAAAAAA!!! Eriksenning yaqin masofadan bergan zarbasini Onana qaytardi.

50. Zerikarli boshlangan bo'limda "Tottenxem" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Ammo "shporlar" bundan foydalana olishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ikkinchi bo'lim starti avvalida "shporlar" tarkibida o'zgarish. Vanyama o'rniga Lorente maydonga tushdi.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

44. Vanyama raqibini yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi. Biroq "Ayaks" bundan foydalana olmadi.

39. "Tottenxem" hujumda Qanotdan uzatilgan to'pga hech kim zarba bera olmadi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! "Tottenxem" himoyasi deyarli parchalandi. Ziyech o'zining ajoyib zarbasi bilan hisobni o'zgartirdi.


30. ZARBAAAAAA!!! Tadich raqibini aldab o'tgan holda o'tkir burchakdan zarba berdi. To'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

27. Sonning qanotdan uzatgan pasini himoyachilar qaytarib yubordi. "Tottenxem" burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi. Moura tepgan to'p noaniq ketdi.

24. Eriksenning zarbasini Onana ushlab oldi.

23. ZARBAAAAA!!! Allining zarbasini Onana ushlab oldi.

22. Sonning zarbasini himoyachi qaytardi.

20. Sissoko yana bir bor aynan Talyafikoga qarshi fol ishlatdi. Jarima zarbasi.

16. Talyafikoga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun Sissoko ogohlantirildi.

10. Allining zarbasi noaniq ketdi.

6. ZARBAAAA!!! Allining zarbasi ustunga tegib qaytdi.

5. GOOOOOOOOOOLLL!!! Burchakdan oshirilgan to'pga De Ligt boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi. Qayd etish kerak, himoyachi "Ayaks"ning ECHLdagi 150-golini kiritdi.


4. ZARBAAAAAA!!! Van De Bikning zarbasi Triperga tegib, rikoshket hosil qilgan bo'lsa-da, Loris xavfni bartaraf etdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Tomonlar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика