"Ayaks" o'z rekordini o'rnatdi
21 apr 2019 13:58
Yangiliklar


"Ayaks" o'z rekordini o'rnatdi
Gollandiya chempionatining 31-turida "Ayaks" safarda "Groningen" jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi.
"Opta Joe" xabariga ko'ra, Amsterdam jamoasi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 156 gol kiritishga erishdi va klub rekordini yangiladi.
Qayd etish kerak, "Ayaks" bu mavsumda chempionatda 107, ECHLda 32 va Gollandiya kubogida 17 gol kiritdi.
Eslatib o'tamiz, faqatgina "Ayaks" va "Barselona" bu mavsumda trebl qayd etishga davogarlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar