"Ayaks" Okamposning ijarasini muddatidan oldin bekor qildi
18 jan 2023 12:07
Yangiliklar
"Ayaks" Okamposning ijarasini muddatidan oldin bekor qildi
"Ayaks" hujumchisi Lukas Okamposni muddatidan avval "Sevilya"ga qaytardi.
Niderlandiya klubi 28 yoshli argentinalik futbolchining ijara shartnomasini bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Okampos "Ayaks"da 2022 yilning avgustidan buyon ijara asosida o'ynamoqda. U jamoa safida 6 ta o'yinda qatnashib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Fikrlar