“Ayaks” murabbiylaridan biri Germaniya jamoasini boshqaradi
19 mar 2019 23:30
Yangiliklar


“Ayaks” murabbiylaridan biri Germaniya jamoasini boshqaradi
“Xoffenxaym” rahbariyati Yulian Nagelsman o'rniga yangi murabbiy topdi.
“Ayaks”ning murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Alfred SHreder yangi mavsumdan boshlab Germaniya klubini boshqaradi. O'z navbatida Nagelsman faoliyatini mamlakatning boshqa bir klubi “Leypcig”da davom ettirishi kutilmoqda.
Qayd etish joizki, Yulian Nagelsman Germaniya chempionati tarixidagi eng yosh murabbiy hisoblanadi. U 2016-yilda “oq-ko'klar” boshqaruviga kelgandi.
Eslatib o'tamiz, 46 yoshli Alfred SHrederning “Xoffenxaym” bilan shartnomasi 2022-yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar