"Ayaks" ikki futbolchisini sotib, 140 mln. evro ishlab olmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2018, 12:47
Amstyerdamning "Ayaks" katta ehtimol bilan navbatdagi transfer oynalarida o'zining ikki yosh futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin.

Yevropaning ko'plab klublari himoyachi Mateys de Ligt va yarim himoyachi Frenki De Yongga qiziqish bildirmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, klub ikki iqtidorli futbolchi transferidan 140 mln. evro ishlab olmoqchi.

Oldinroq, bu gollandiyaliklarga "Barselona" jiddiy qiziqayotgani, ammo ular uchun kurashda PSJ, "Manchester Siti", "Real", "Yuventus" va yana bir necha klub bilan kurashishga to'g'ri kelishi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo