"Ayaks" ECHLning 3ta kvalifikaciya bosqichida qatnashib, musobaqaning yarim finaliga yo'l olgan ilk jamoa
17 apr 2019 02:15
Yangiliklar


"Ayaks" ECHLning 3ta kvalifikaciya bosqichida qatnashib, musobaqaning yarim finaliga yo'l olgan ilk jamoa
ECHLning chorak final Yuventusga qarshi javob bahsida g'alaba qozongan Ayaks, ikki o'yin natijasiga (2:3) ko'ra, yarim finalga yo'l oldi.
Aytish joizki, amsterdamliklar musobaqaning joriy mavsumini guruh bosqichiga chiqish uchun saralash bosqichidan boshlagan. Ular kvalifikaciya raundida «SHturm» (2:0, 3:1) «Standart» (2:2, 3:0) va Kievning «Dinamo» (3:1, 0:0) klublarini mag'lub etgandi. SHu tariqa, "Ayaks" uchta saralash bosqichidan o'tib, ECHLning yarim finaliga yo'l olgan musobaqa tarixidagi ilk klubga aylandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar