"Ayaks" CHempionlar ligasi tarixiga kirdi
01 may 2019 02:44
Yangiliklar


"Ayaks" CHempionlar ligasi tarixiga kirdi
Tottenham Hotspur |
Champions League Final Stage . 1/2-tur 01/05/2019, 01:00 1
:
0
Tugadi
|
Ajax Donny van de Beek - 15' |
Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 60243 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
Bu amsterdamliklar uchun CHempionlar ligasining joriy mavsumida pley-off bosqichi safar o'yinlaridagi uchinchi g'alaba bo'ldi. "Ayaks" 1/8 finalda Madridda "Real"ni enggan bo'lsa (4:1), 1/4 finalda "Yuventus"ni Turinda taslim qilgan edi (2:1).
"Ayaks" ECHL bir mavsumida pley-offdagi barcha uchta safar o'yinida g'alaba qozongan tarixdagi bor yo'g'i uchinchi jamoa bo'ldi.
Bungacha faqatgina 2012-2013 yilgi mavsumda "Bavariya" va 2017-2018 yilgi mavsumda "Real" bu ishni uddalagan. Avvalgi har ikki safar ham yakunda o'sha jamoa chempion bo'lgan. Ko'ramiz, "Ayaks" o'sha yoqimli ananani oxiriga etkazib qo'ya olarmikin?!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar