"Ayaks" "Arsenal"ning Martines borasidagi taklifini rad etdi
18 iyu 2022 11:07
Yangiliklar
"Ayaks" "Arsenal"ning Martines borasidagi taklifini rad etdi
"Ayaks" himoyachi Lisandro Martines borasida "Arsenal"ning taklifini rad etdi.
London klubi Argentina terma jamoasi himoyachisi uchun 30 million evro taklif qildi.
Angliya klubi muzokaralarni davom ettirmoqchi, ammo "Ayaks" 24 yoshli o'yinchini tarkibda saqlab qolishga ahd qilgan.
Argentinalikning himoyachining amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. Bitimda o'yinchini xarid qilish borasida band yo'q.
Martines o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar