Axbor Imomxo'jaevni tabriklaymiz
19 fev 2019 07:00
Yangiliklar
Axbor Imomxo'jaevni tabriklaymiz
Bugun o'zbek futbol jurnalistikasi faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, "Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi, Xalq talimi alochisi, taniqli sharhlovchi Axbor Imomxo'jaev 83 yoshni qarshiladi.
Axbor Imomxo'jaevning o'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasini so'z bilan tariflash mushkul.
Bu inson o'zbek futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi ham hisoblanadi. Jumladan, Axbor Imomxo'jaev qalamiga mansub bo'lgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “O'zbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan o'qib kelmoqda.
Axbor Imomxo'jaevni qutlug' 83 yoshi bilan muborakbod etamiz. Futbol faxriysiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab, uzoq yillar davomida muxlislar etiborida bo'lib yurishini tilaymiz!


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar