Axbor Imomxo'jaev 80 yoshda!
19 fev 2016 07:53
Yangiliklar


Axbor Imomxo'jaev 80 yoshda!
Bugun, 19 fevral, taniqli futbol sharhlovchisi, sportimiz faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo'jaevning tug'ilgan kuni.
Deyarli barcha futbol jurnalistlari uchun ustoz bo'lgan Axbor ota bugun 80 yoshga to'ldilar. Biz saytimizning barcha xodimlari va muxlislari nomidan Axbor Imomxo'jaevni tavallud ayyomlari bilan tabriklaymiz! Ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz. Doimo hozigidek baquvvat, tetik va quvnoq bo'lib qolishlarini so'rab qolamiz.
Yaqin kunlar ichida saytimizda Axbor Imomxo'jaev ishtirokida o'tgan Penalty taqdim etiladi. Loyihamizning maxsus soni aynan bugun o'z yubileyini nishonlayotgan Axbor Imomxo'jaevga bag'ishlanadi.

Yaqin kunlar ichida saytimizda Axbor Imomxo'jaev ishtirokida o'tgan Penalty taqdim etiladi. Loyihamizning maxsus soni aynan bugun o'z yubileyini nishonlayotgan Axbor Imomxo'jaevga bag'ishlanadi.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar