So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

"Axal" bosh murabbiyi Serdar Geldiev: "Paxtakor"da g'alabaga intilish kuchli bo'lishi tabiiy, chunki hali yutmagan" Yangiliklar

"Axal" bosh murabbiyi Serdar Geldiev: "Paxtakor"da g'alabaga intilish kuchli bo'lishi tabiiy, chunki hali yutmagan"

OCHL guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Axal" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Serdar Geldiev va futbolchi Elman Tagaev ishtirok etishdi.

"Birinchi o'rinda "Paxtakor"ga iliq kutib olgani uchun rahmat aytmoqchiman. Uchrashuvga kerakli darajada tayyorgarlik ko'rdik. "Paxtakor"da ham g'alabaga intilish kuchli bo'lishi tabiiy, chunki hali yutmagan. Bizni esa o'z rejalarimiz bor. Buni ertaga amalga oshirishga harakat qilamiz", – deydi Serdar Geldiev. 

"O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. "Paxtakor"ni tahlil qildik. Murabbiyimiz aytganidek, o'yinga qo'yilgan vazifani maksimal darajada bajarishga urinib ko'ramiz", – deydi Elman Tagaev.

- "Axal" guruhdagi qolgan jamoalarga nisbatan kuchsiz bo'lsa-da, ilk turda sensaciya qayd etib, "Al Fayha"dan ustun keldi. Bu shunchaki tasodifmi yoki raqiblarning etarlicha baho bermaganidanmi?

- Sensaciya deyish noo'rin deb o'ylayman, chunki biz o'tgan yili ham OCHLda kuchli raqib ustidan g'alaba qozongan edik. Albatta, ilk turda o'z maydonimizdagi birinchi o'yinda g'alaba qozonish yoqimli bo'ldi. Aytishim mumkinki, bizning o'z o'yinimiz va rejalarimiz mavjud. 

- Futbolchi Elman Tagaevga savol. Siz O'zbekistonda "Andijon" va "Navbahor" jamoalarida to'p tepgansiz. "Paxtakor" tarkibidagi futbolchilarni yaqindan bilasiz. SHaxsan siz uchun o'zbek jamoalariga qarshi o'ynash qanday taassurotlar beradi?

- Albatta. "Paxtakor" safidagi Aziz Turg'unboevni yaxshi bilaman. U bilan "Navbahor"da qisqa vaqt birga to'p tepganman. Bundan tashqari, "Paxtakor"da terma jamoa futbolchilari ham ko'pchilikni tashkil qiladi. 

"Barcha jamoalarda guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolgan. Biz har bir raqibga qarshi o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz", – dedi Geldiev.

"Paxtakor" – "Axal" uchrashuvi ertaga 19:00 da boshlanadi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика