Avstriyadagi stadionda 300ta daraxt o'rnatildi
07 sen 2019 11:21
Yangiliklar


Avstriyadagi stadionda 300ta daraxt o'rnatildi
Avstriyaning Klagenfurtdagi uy arenasida ajoyib manzarani ko'rishingiz mumkin.
Rassom Klaus Littmanning ko'rgazmasi doirasidagi 300ta daraxt o'rnatildi.
Uy arenasi shaxardagi ko'l sharafiga "Verterzee" deb nomlanadi. Avstriya ko'rgazma yakunlanganiga qadar o'zining uchrashuvlarini qo'shni stadionda o'tkazishga majbur.
Loyiha tabiatni asrash uchun ogohlik maqsadida qilingan. Ko'rgazma tugagach, barcha daraxtlar stadionning atrofiga ekiladi.
Ko'rgazma 8 senyabrdan 27 oktyabrga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar