So’nggi yangiliklar

17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  16 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  3 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  7 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2

Avstriya U20ning guruhdagi uchrashuvlari haqida Yangiliklar

Avstriya U20ning guruhdagi uchrashuvlari haqida

Yangi Zelandiyada o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining nimchorak finalida O'zbekiston U20 avstriyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoaning guruhdagi o'tkazgan o'yinlari haqida malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.

Gana U20 - Avstriya U20 1:1

Avstriyalik yoshlar mundialdagi ilk o'yinini "B" guruhida birinchi o'rinni egallagan Ganaga qarshi o'tkazdi. Ushbu uchrashuvning 64 daqiqasida Gshveydl Avstriya U20ni oldinga olib chiqqan, ammo bahsga qo'shib berilgan vaqtda hakam evropaliklar darvozasi tomon penalti belgilaydi va Eboa hisobni tenglashtiradi. Uchrashuv hisobda yakunlanadi.


Gana U20 - Avstriya U20 1:1

Gollar: Gshveydl 64, Eboa 90+1.

Gana U20: Ati, Ntim, Bempa, Donsa, S.Tette (Boateng 71), Attobra (Osei 90+3), Atanga (Kasim 46), Aidu, Eboa, B.Tette, Asma.

Avstriya U20: Kasali, Rosenbixler, Gugganig, Leynxart (Lovrich 88), Grubek (Brandner), Blush, Gshveydl (Gruber), Yoppich, Laymer, Rasner, Grillish.

Ogohlantirishlar: Donsa, Asma, Yoppich.


Avstriya U20 - Panama U20 2:1

Avstriya yoshlari ikkinchi uchrashuvda panamalik tengqurlariga qarshi maydonga tushdi. Evropaliklar bu bahsda irodali g'alabaga erishdi. Avvaliga Eskobar Panamani hisobda olinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim yakunida Xormechea kutilmaganda o'z darvozasiga gol urib qo'yadi.Tannafusda Andreas Xerafdan kerakli ko'rsatmalarni olgan Avstriya futbolchilari ikkinchi bo'limda 2ta gol urib (Grubek 51) g'alabani ilib ketdi. Ammo avstriyaliklar uchrashshuv davomida ikki marotaba penaltini aniq amalga oshira bilmadi.


Avstriya U20 - Panama U20 2:1

Gollar: Eskobar 38, Xormechea 45+1 (avt), Grubek 51.

Avstriya U20: Kasali, Rosenbixler, Gugganig, Lovrich, Grubek (Brandner 83), Gruber (Blush 66), Gshveydl( Kreuzer 62), Yoppich, Laimer, Rasner, Grillish.

Panama U20: De Garsia, Xormechea, X.Dias, Eskobar, Velarde (Samms 46), Pereyra, Dias (Zorilla 71), Rodriges, Araya, Smol (Narbon 46), Gonsales.

Ogohlantirishlar: Xormechea 32, Grillish 46, Gonsales 63.


Avstriya U20 - Argentina U20 0:0

Avstriyaliklar guruhning so'nggi uchrashuvida Argentina U20ga qarshi bahs o'tkazdi. Ushbu o'yinda to'liq ustunlik argentinaliklar tomonda bo'ldi, ammo Avstriya U20ning himoyadagi ishonchli o'yini janubiy amerikaliklarning guruhda qolib ketishini taminladi. Argentinaning 10ta aniq zarbasiga, avstriyaliklar 1ta zarba bilan javob berishdi.


Avstriya U20 - Argentina U20 0:0

Avstriya U20: Kasali, Rossenbixler, Gugganig, Leynxart, Grubek (Brandner 42), Blush, Gruber (Lovrich 46), Gshveydl (Pushegger 69), Yoppich, Laymer, Rasner.

Argentina U20: Batalya, Mammana, Tripikio, Kubas (Pavon 59), Kasasola (Romero), Espinoza (Buendia), Rolon, Simeone, Martines, Korrea, Monteseirin.

Ogohlantirishlar: Rasner 62, Yoppich 90+2


Avstriya U20ning mundialdagi o'yinlarini tahlil qiladigan bo'lsak, ular urgan barcha gol ikkinchi bo'limda kiritilgan. Astriyaliklarning 3ta o'yinda kiritgan gollari soni 3ta, o'tkazib yuborilgan gollar esa 1ta. Demak bu jamoaga qarshi bemalol harakat qilsa bo'ladi. Avstriya U20 kam gol urganining sababi kuchli jamoalarga qarshi bahs olib borgani bo'lsa kerak (Gana U20, Argentina U20).



Avstriyaliklar safida Yoppich kartochkalar tufayli yoshlarimizga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar jamoasi mundialning nimchorak final bosqichida Osiyo sharafini himoya qiladigan yagona mamlakat. Bir necha soat oldin OFK (Osiyo futbol konfederaciyasi) ham yoshlarimizga omad tiladi.


11 iyun. Avstriya U20 - O'zbekiston U20 09:00.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика