Avstriya U20 - O'zbekiston U20 o'yini Sport TVda jonli efirda ko'rsatiladi
10 iyu 2015 17:16
Yangiliklar


Avstriya U20 - O'zbekiston U20 o'yini Sport TVda jonli efirda ko'rsatiladi
Xabaringiz bor ertaga Yangi Zelandiyada davom etayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining nimchorak finalida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U20) Avstriya yoshlariga qarshi maydonga tushadi.
Sport telekanali teledasturlar jadvalini ikki hafta oldin chiqarishi sababli O'zbekiston yoshlarining ushbu bosqichdagi bahsi dasturga kiritilmagan edi, chunki vakillarimiz guruhda nechanchi o'rinni olishi va qachon o'ynashi oldindan malum emasdi.
Lekin, telekanal mamuriyatining saytimizga xabar qilishicha ertangi o'yinni to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etish uchun harakat qilishmoqda va katta ehtimol bilan futbol ishqibozlari Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U20 terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuvni jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Avstriya U20 - O'zbekiston U20 uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 09:00 boshlanadi.

Fikrlar