So’nggi yangiliklar

09:34Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 09:03Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум  3 08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  4 08:00Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 07:32ОКМК - "Нефтчи" ўртасидаги супер баҳсдан ёрқин ФОТОГАЛEРEЯ  0 05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  11 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  3 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  8 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  5 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  4 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  7 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  1 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  22 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  106

Avstraliyalik O'zbekiston muxlisi: "Osiyo Kubogida Avstraliyaga qarshi o'yinda O'zbekistonga muxlislik qildim!" Yangiliklar

Avstraliyalik O'zbekiston muxlisi: "Osiyo Kubogida Avstraliyaga qarshi o'yinda O'zbekistonga muxlislik qildim!"

Teglar :  AvstraliyaMuxlisNik
Mamlakatimizdagi har bir futbol ishqibozi milliy terma jamoamizga muxlislik qiladi. Uning yutuqlaridan quvonib, mag'lubiyatlaridan xafa bo'ladi.

Bu tabiiy hol. Butun dunyoda shunday. Lekin olis Avstraliya mamlakatida yashab, O'zbekiston milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlaydigan futbol muxlisi borligini bilasizmi?

Nik Sidneyda istiqomat qiladi. Lekin O'zbekistonning ashaddiy muxlisi. Terma jamoamizning har bir o'yinini qoldirmay ko'rib borishga harakat qiladi. U O'zbekiston terma jamoasi haqida gapirganda “biz” deb gapiradi. Eng qizig'i, yaqinda BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi maydonga tushganda, Nik O'zbekistonga muxlislik qildi...



O'FA Matbuot xizmati avstraliyalik O'zbekiston terma jamoasi muxlisi bilan intervyu tashkil qildi. Quyida etiboringizga ana shu intervyuni havola qilamiz:

-Qachondan beri O'zbekistonga muxlislik qilasiz?
-Men 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi paytida O'zbekistonning muxlisiga aylanib qolganman. O'shanda Osiyo Kubogidan o'rin olgan uchrashuvlarga chipta izlayotganimda SHimoliy Koreya – O'zbekiston o'yiniga duch kelib qoldim. SHu zahoti ko'z oldimga ulug'vor Ipak Yo'li shaharlari, boy tarixiy madaniyatga ega yurt, yorqin ranglar, ajoyib urf-odatlar keldi. SHu zahoti SHimoliy Koreya – O'zbekiston uchrashuviga chipta xarid qildim. Keyin o'yin davomida o'zbekistonlik muxlislar bilan birga stadionda turib muxlislik qildim. Birgalikda qo'shiq kuyladim, raqsga tushdim va futbolchilarni olqishlab turdim!



-O'zbekiston terma jamoasining barcha o'yinlarini tomosha qilasizmi?

-Iloji boricha barcha o'yinlarni internet orqali tomosha qilib borishga harakat qilaman. Ammo ikki mamlakat o'rtasidagi vaqt farqi turlicha bo'lgani bois, O'zbekiston terma jamoasining Avstraliyada erta tongga to'g'ri keladigan o'yinlarini ko'ra olmayman. Ishga borish kerak bo'lgani uchun.

- BAAda o'tgan Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi. Qaysi terma jamoaga ko'proq muxlislik qildingiz?

-Albatta, O'zbekistonga! Bu hol bazilar uchun g'alati tuyulishi mumkin. Ammo men 2015 yildan beri O'zbekistonning muxlisiga aylanganman. O'shanda O'zbekistondan tashrif buyurgan muxlislar bilan bo'lib o'tgan uchrashuv menda juda katta taassurot qoldirgan. Ularning stadionda quvonchga to'lib-toshib, hissiyotlarga berilib hayqirishlari, o'z terma jamoalaridan faxrlanishlari, terma jamoa g'alaba qozonganda g'ururlanishlari, O'zbekiston bayrog'ini hilpiratishlari, barabanning dilga hayajon soladigan ovozlari... Men Evropa va Avstraliyaning ko'pgina stadionlarida bo'lganman. Ammo ilgari hech qachon bunday ajoyib hissiyotlarni tuymagandim, bunday muhitda futbol tomosha qilmagandim. O'zbekistonlik muxlislarning mehmondo'stligi, ochiqko'ngilliligi, birdamligi – men hayotimda ko'rgan eng ajoyib jihatlar!



- Avstraliyada Siz bilan birga O'zbekiston terma jamoasiga ishqibozlik qiladigan boshqa muxlislar ham bormi?

-Men 2015 yilgi Osiyo Kubogidan o'rin olgan SHimoliy Koreyaga qarshi o'yindan uch kun avval ijtimoiy tarmoqlarda “Avstraliyalik O'zbekiston muxlislari” (Aussie Uzbekistan Supporters) akkauntlarini ochgandim. Maqsad O'zbekistonga muxlislik qiladiganlarni topib, ulardan o'zbekcha hayqiriqlar, stadionda kuylab o'tirish uchun o'zbekcha qo'shiqlarni o'rganib olmoqchi edim. Ammo urinishim samara bermadi. SHunday bo'lsa-da, shu 3 kun ichida Tvitterdagi @AussieUzbek akkauntiga 100 dan ortiq odam obuna bo'ldi. Ular ichida biz haqimizda ko'proq malumot olishni istagan avstraliyaliklar, o'zbekistonlik muxlislar, jurnalistlar va jamoat vakilari bor edi. Hozirda bu guruhimizda qancha azo borligini bilmayman. Men hech qachon sanamaganman. Avstraliyadagi, umuman, butun dunyodagi O'zbekiston terma jamoasi muxlislari bizning guruhimizga qo'shilishsa, xursand bo'lardim.

Sidneyda “Bornmut” klubi muxlislar guruhi bor. Mazkur guruh azolari ham O'zbekiston terma jamoasi o'yinlari vaqtida bizga qo'shilib, terma jamoamizni qo'llab quvvatlashadi. Masalan, do'stim Robert va uning ikki o'g'li O'zbekistonni juda yaxshi ko'rishadi. Ular bilan birgalikda o'tgan yili Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida O'zbekiston U-23 terma jamoasini qo'llab-quvvatlab turganmiz. Melburnda Sidneyga qaraganda o'zbeklar ko'proq. SHuningdek, Brisbenda ham o'zbeklar topiladi. Yaqin orada ular bilan uchrashib, tanishib olish niyatim bor.




-O'zbekiston milliy terma jamoasi endilikda 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

-Men Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etishimizga ishonaman! Biz bu yo'lda asosan Xitoydagi U-23 Osiyo chempionati g'oliblariga suyanishimiz kerak. SHuningdek, avvalgi Jahon chempionati saralashlarida bizga to'sqinlik qilgan xato va kamchiliklarni yaxshilab tahlil qilib chiqish zarur. So'nggi Jahon chempionati saralashida Janubiy Koreya bilan o'yinda 0:0 hisobidagi durang juda alamli bo'lgandi. Agar shu o'yinda g'alaba qozonsak, Rossiyaga yo'l olgan bo'lardik. Afsuski, buning uddasida chiqa olmadik. Endi JCH saralashlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rish zarur. Milliy chempionatni kuchayishi ham juda muhim. Superligadagi klublarda raqobat oshsa, milliy terma jamoa uchun yaxshi futbolchilar etishib chiqadi, deb o'ylayman.

So'zim oxirida Avstraliyada yashayotgan barcha o'zbekistonlik muxlislardan men bilan aloqaga chiqishlarini so'rab qolgan bo'lardim. Birgalikda barbekyu tayyorlab, o'zbek futboli haqida suhbatlashamiz! Elektron manzilim: aussieuzbek@gmail.com

SHuningdek, bizni Tvitterda ham kuzatib boring: @AussieUzbek

Olg’a O'zbekiston!


Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика