Avstraliyalik futbolchi "Paxtakor"ga o'tishga yaqin
01 avg 2017 19:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/268092_original.jpg)
![](/upload/storage/268092_220.jpg)
Avstraliyalik futbolchi "Paxtakor"ga o'tishga yaqin
Bugun saytimizda Avstraliyaning "Pert Glori" klubi yarim himoyachisi Rostin Griffits yaqin vaqt ichida O'zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik.
Biroz avval "Paxtakor" klubi rasmiy sayti Griffits bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar berdi. Unda yozilishicha, "Paxtakor" tarkibiga osiyolik futbolchini qo'shib olish yuzasidan muzokara olib borayapti.
Avstraliya "A" ligasida "Pert Glori" safida o'ynayotgan yarim himoyachi bilan klub muzokaralarga kirishgan. Har ikki tomon kelishuvga erishgan taqdirda shartnomaga imzo chekiladi va Griffits faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar