Avstraliyada mavsum iyulning o'rtasida boshlanadi
29 may 2020 21:12
Yangiliklar
Avstraliyada mavsum iyulning o'rtasida boshlanadi
Avstraliya futbol federaciyasi rahbari Jeyms Jonson klublar bilan kelishuv hal bo'lganini malum qildi.
"CHempionatni o'tkazish borasida A-liga klublari bilan kelishib oldik. Klublar iyul oyi o'rtasida chempionatni davom ettirishga rozi, endilikda translyaciya bo'yicha "Fox Sports" bilan kelishib olsak bo'lgani", - deydi Jeyms Jonson.
Faqat buning uchun klublarga 35 kunlik dastur taqdim etiladi va barcha jamoalar shunga ko'ra ish yuritadi.
"Iyun oyi o'rtasidan boshlab klublar to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazish imkoniga ega bo'ladi. Albatta, futbolsiz hamma zerikib qolganini juda yaxshi tushunib turibmiz. Hozirgi paytda barchamizning diqqat-etiborimiz mavsumni chiroyli boshlab, chiroyli yakunlab qo'yishga qaratilgan", - deya aytib o'tdi federaciya rahbari.
Fikrlar