Avstraliyada endi hakamlar murabbiylarga sariq va qizil kartochkalar bera olishadi
31 okt 2017 16:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/286132_original.jpg)
![](/upload/storage/286132_220.jpg)
Avstraliyada endi hakamlar murabbiylarga sariq va qizil kartochkalar bera olishadi
Hakamlar murabbiylar va xodimlarga kartochka berish mumkin bo'lgan ilk turnir Avstraliyaning A-League va W-League ayollar ligasi bo'ladi.
Bunday qaror murabbiylarning hakamga nisbatan haqoratli harakatlariga qarshi qabul qilindi.
"Endi hakamlar murabbiylarni chetlatishdan avval ogohlantira oladi" - deydi A-League va W-League rahbari Greg O'Rurk aytdi.
Murabbiylar texnik zonadagi turli qoidabuzarliklar, turli buyumlar otish, haqoratli so'zlar, hakamlar bilan bahslashuv, vaqtni cho'zish uchun kartochkalar bilan "siylanishadi".
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar