So’nggi yangiliklar

11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  0 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  4 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  4 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4

Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "Milliy jamoamizning JCHga chiqqani bizga motivaciya beradi" Yangiliklar

Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "Milliy jamoamizning JCHga chiqqani bizga motivaciya beradi"

Ertaga U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasidagi Avstraliya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida Avstraliya bosh murrabiyi Trevor Morgan va futbolchi Remmi Najarin ishtrok etishdi.


- Ertangi o'yin oldidan fikrlaringiz...

- Ertangi o'yin bizning futbolchilarimizga o'zini ko'rsatishi uchun juda ham ajoyib imkoniyat. O'yinni sabrsizlik bilan kutyapman, menga qo'yib berishsa-yu, bugun o'ynasak...

- Avvalambor, milliy jamoangiz JCHga yullanma olgani bilan tabriklayman. Milliy jamoangizni mundialga yo'llanma olishi U-23 jamoangizga ertangi o'yinga ruhiy tarafdan qanchalik ustunlik beradi?

- Rahmat. Albatta biz milliy jamoamizni JCHda ko'rishdan juda xursandmiz va bu biz uchun aniq motivaciya bo'la oladi. Ammo, biz ertangi o'yinda fikrimizni jamlagan holda g'alaba qozonishimiz shart.

- Ertangi raqibingiz bo'lmish Saudiya Arabistoni turnir doirasida umuman gol o'tkazmadi va siz ularni qanday tarzda to'xtatmoqchisiz?

- O'z rejam bor, ammo buni sizga ayta olmayman. Ularni to'xtatishni bir yo'li gol urishimiz kerakligidadir. Biz ham faqat bitta gol o'tkazib yuborganmiz va o'ylaymanki, bu deyarli bir xil narsa.

- Ertaga sizning jamoangiz Saudiya Arabistoni bilan uchrashadi va o'sha kuni O'zbekiston Yaponiya bilan o'ynaydi. Bu to'qnashuvda kim g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?

- O'ylashimcha, natijani oldindan ayta olish ilojsiz, ammo chorak finalga etibor bersangiz, O'zbekiston Iroqqa qarshi xarakter ko'rsatdi, Yaponiyada esa o'yin sifati top darajada. O'ylaymanki, ertaga juda qiziq uchrashuvlar bo'ladi.

- Saudiya Arabistoni tarkibidagi qaysi futbolchi eng xavfli deb o'ylaysiz?

- Raqibimiz tarkibida juda ko'p istedodli uyinchilar bor, ammo men ertangi asosiy tarkibni bilmayman, — dedi Trevor Morgan.


- Futbolchi Remmi Najarinning fikrlari...

- Juda ham hayajondamiz, o'ylashimcha ertaga ajoyib o'yin guvohi bo'lasiz, — deya qo'shimcha qildi Remmi Najarin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика