So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  19 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Avstraliya U-20 ustozi: "Qolgan ikkita uchrashuvda g'alaba qozonsak, guruhdan chiqa olamiz" Yangiliklar

Avstraliya U-20 ustozi: "Qolgan ikkita uchrashuvda g'alaba qozonsak, guruhdan chiqa olamiz"

Avstraliya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan Vetnam U-20 bilan uchrashuvdan so'ng (0:1) fikrlarini bildirdi.

"Bugun o'zimiz xohlagandek o'ynay olmadik. Vetnam jamoasi yaxshi harakat qildi. Bugungi o'yinmiz meni ranjitdi", – dedi avstraliyaliklar ustozi.

- Jamoangiz o'yinni yaxshi boshladi, lekin goldan so'ng jamoa o'z o'yinini yoqotib qo'ygandek ko'rindi, shu holatga izoh bersangiz...

- Birinchi navbatda, vetnamlik o'yinchilar o'z vaziyatidan foydalana olishdi va gol urishdi. Biz esa goldan so'ng o'zimizga kela olmadik, keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq xarakat qilamiz.

- Bugungi mag'lubiyat sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Vetnam jamoasi bizdan farqli o'laroq yaxshi uchrashuv o'tkazdi. Bizda xavfli vaziyatlarni golga aylantirish oqsadi. Bor etiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz va qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Keyingi uchrashuv Eron terma jamoasi bilan kechadi. Bu borada qanday fikrdasiz?

- Eron kuchli raqib, bugun futbolchilar dam olishadi va ertadan boshlab Eron haqida o'ylashni boshlaymiz. O'yin oson o'tmasligi aniq, lekin bizga g'alaba zarur.

- Vetnamga qarshi bahsdan so'ng Avstraliya terma jamoasining guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Agar qolgan ikkita uchrashuvda g'alaba qozonsak, guruhdan chiqa olamiz. Hali hech nima yo'qotilmadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика